Intel kompaniyasi Here xarita servisining 15% aksiyasini xarid qiladi

Intel kompaniyasi Here xarita servisining 15% aksiyasini xarid qiladi

AQShning Intel kompaniyasi avtomobillar va IoT tizimlar uchun xarita xizmatlarini taqdim qiladigan Here servisiga tegishli 15% aksiya paketlarini sotib oladi, deb xabar berilmoqda Intel saytlaridan birida.

Bundan bir necha yillar muqaddam Nokia tomonidan yaratilgan mazkur xarita xizmatiga ayni vaqtda Audi, BMW va Daimler singari nemis avtomobilsozlari uyushmasi egalik qiladi. Intel kompaniyasi Here xizmati uchun yuqori aniqlikda xaritalarni o‘z ichiga oladigan  yanada yaxshiroq masshtablanadigan arxitekturani yaratishi kutilmoqda. Hamkorlarning fikricha, bunday xaritaga oid yangi imkoniyatlar jahondagi boshqa avtomobisozlarni ham qiziqtirishi mumkin.

Hozircha kelishuvning narxi oshkor etilmagan. Unga doir barcha operatsiyalar shu chorakda tugatiladi.