Intel protsessorlarida ishlaydigan mini kompyuterlar maqbul narxlarda

Intel protsessorlarida ishlaydigan mini kompyuterlar maqbul narxlarda

Internet do‘konlarida Windows operatsion tizimida ishlaydigan, Intel protsessorlari o‘rnatilgan bir qator mitti kompyuterlar savdosi yo‘lga qo‘yilgan. Quyida media-pleyer yoki idora kompyuteri sifatida ishlatish mumkin bo‘lgan bir qator modellarni taqdim etamiz. Ularning asosiy o‘ziga xosligi ixchamligi va arzonligidadir.

HYSTOU FMP03 Fanless Mini PC deb nom olgan Barebone-tizimi ixcham korpus bilan ta’minlangan bo‘lib, uning ichiga Intel Core-i3-4010U (1.7GHz) protsessori o‘rnatilgan. Unda LAN, 4xUSB 3.0 i 2xUSB 2.0 chiqish portlari mavjud bo‘lib, tezkor va ichki xotiraga ega emas. Biroq 16 Gb gacha bo‘lgan ikkita DDR3L hamda SSD + HDD`larni qo‘llab-quvvatlaydigan mSATA va SATA axborot tashuvchilardan foydalanish mumkin.

Narxi — 185 dollar.

BEELINK BT3 mitti kompyuteri to‘rt yadroli Intel Atom Cherry Trail x5-Z8300 protsessori, 2 GB tezkor hamda 64 GB doimiy xotiraga ega. Uning xotirasini 128 Gb gacha oshirish mumkin. Kompyuterda USB2.0, SD Card, USB3.0, RJ45,HDMI va audio chiqish portlari mavjud. Ikki diapazonli Wi-Fi va Bluetooth texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Kompyuter Windows 10 operatsion tizimida ishlaydi.

Narxi — 117 dollar.

Ixcham VOYO V3 Mini PC mitti kompyuterining o‘lchamlari 130x130x10 mm bo‘lib, ichiga 64 bitli 1.6 GGs chastotada ishlaydigan to‘rt yadroli Intel Atom x7-Z8700 protsessori o‘rnatilgan. Protsessor turbo-rejimda 600 MGs gacha chastotali Intel HD Graphics grafik tezlatkichi bo‘lgan 2.4 GGs chastotali yadroni ham o‘z ichiga olgan. Tezkor xotira — 4 Gb, doimiy — 128 Gb. Wi-Fi va Bluetooth 4.0 modullaridan tashqari, HDMI, 2xUSB 3.0, USB 2.0, USB Type-C hamda 128 Gb gacha hajmdagi MicroSD xotira kartalari uchun chiqish slotiga ega. Auksion narxi — 199 dollar.

Bundan avvalroq esa 35 dollarlik Raspberry Pi 3 mini kompyuteri savdoga chiqarilgani haqida xabar qilingan edi. Raspberry Pi 3 64 bit, 1,2 GGs chastotali ARM Cortex-A53 protsessori bilan ta’minlangan. Tezkor xotira — 1 gigabayt. Shuningdek, kompyuterda to‘rtta USB 2.0 porti, 3,5 millimetrli audio chiqish sloti, HDMI, displey va kameralarga ulanadigan interfeyslar (DSI va CSI) mavjud. Unga Wi-Fi va Bluetooth modullari ham o‘rnatilgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!