Internet muammolarini bir zumda o‘zi hal etuvchi bepul dastur!

  •   DiMaX
  •  4757
  •  07.03.2018 17:18

Internet muammolarini bir zumda o‘zi hal etuvchi bepul dastur!

Bugungi kunda deyarli har birimizning uyimizda, ofislarda internet ulanmasi mavjud. Lekin ba’zida turli sabablarga ko‘ra internet uzilib qolishi holatlari uchraydi.

O‘QING: O‘zbekistonda internetni yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi

Endi internet uzilib qolishlaridan xavotir olmasangiz ham bo‘ladi, zero, bunda sizga yordamga keluvchi Complete Internet Repair dasturi bor. Ushbu utilita internetning uzilib qolishi sababini bir zumda aniqlab, o‘zi avtomatik tarzda bartaraf etib beradi.

Complete Internet Repair utilitasi mutlaqo bepul bo‘lib, uni kompyuterga o‘rnatish ham talab etilmaydi. Shunchaki dasturni mana bu havola orqali (yoki Telegram’dan – mana bu havola yordamida) ko‘chirib olasiz, arxivdan chiqarasiz va ishga tushirib yuborsangiz bas.

Aytish kerakki, Complete Internet Repair dasturi sozlamalarida (File menyusidagi 2-band, 3-varaqa) uning tilini ruschaga o‘tkazish mumkin. Mazkur utilita 11 opsiyaga ega, ularning har biri internetga ulanish uzilishining biror sababini bartaraf etishga javobgardir. Faqat tekshirish va to‘g‘irlash kerak bo‘lgan funksiyalarnigina tanlab, qolganlariga tegmasangiz ham bo‘laveradi.

Barcha jarayonlar avtomatik tarzda bajariladi. Qarabsizki, ulanishdagi nosozliklardan bir zumda qutulasiz!

O‘QING: Internet tezligi millatga qanchaga tushadi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!