Internetsiz ishlaydigan mobil lug‘at

  •   DiMaX
  •  5126
  •  10.02.2017 12:18

Internetsiz ishlaydigan mobil lug‘at

O‘zbek dasturchilari tomonidan smartfonlar uchun ishlab chiqilayotgan ilovalar ham foydaliligi va amaliy ahamiyati bilan ajralib turadi. Jumladan, Android tizimli qurilmalarga moslangan Ruscha-O‘zbekcha lug‘at rus yoki o‘zbek tilini o‘rganuvchi yoshlar, o‘quvchilar, talabalar uchun ishlab chiqilgan.

Lug‘atning umumiy bazasi 30000 dan oshiq qatorlardan va 50 mingga yaqin so‘zlardan iborat. U offlayn tarzda ishlaydi, ya’ni foydalanish uchun internet shart emas.

Mazkur dasturning asosiy imkoniyatlari:

– Sodda va intuitiv interfeys

– So‘zlarga boy offlayn baza

– Tezkor qidiruv

– Ovozli qidiruv

– Qidiruvda imlo xatolarini to‘g‘rilash

– Ro‘yxatni tezkor varaqlash

– Ro‘yxatda shrift o‘lchamini sozlash

– O‘zbek tili uchun lotin va kirill alifbolari

Bundan tashqari, lug‘atning so‘zlar bazasini boyitish va uning to‘liq imkoniyatlaridan foydalanishingiz uchun qo‘shimcha kontentlarni sotib olish taklif etiladi.

Qisqacha tavsif:

Oxirgi yangilanish sanasi: 2017 yil 16 may

Hajmi: 6.1 Mb

Joriy versiya: 2.1.2

Talab etiladigan Android versiyasi: 4 yoki undan keyingilari

Ishlab chiquvchi: ActiveMedia

Elektron pochta: [email protected]

Play Market’dan yuklab olish:

https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.activemedia.udic.russian

TAS-IX hududidan yuklab olish:

http://www.androidbozor.uz/ru/app/detail?package=uz.activemedia.udic.russian

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!