iOS 10.3: innovatsion tizimdagi 8 ta yangi funksiya

iOS 10.3: innovatsion tizimdagi 8 ta yangi funksiya

Apple’ning ma’lum qilishicha, 27 mart kuni e’lon qilingan navbatdagi — iOS 10.3 operatsion tizimi iPhone hamda iPad foydalanuvchilari turmush tarzini yanada qulaylashtiruvchi qator yangi jihatlarga ega.

Takomillashgan platforma mobil ilovalardagi sun’iy mushohada qobiliyatini yanada oshirib, ma’lumot-axborot bilan ishlashda qo‘shimcha funksiyalarni bajarishlariga xizmat qiladi. Shuningdek, yangilangan tizimda ham axborot-ma’lumotlar va viruslar hujumiga qarshi himoyani kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Quyida iOS 10.3’ning 8 ta o‘ziga xos yangiligi bilan sizlarni tanishtiramiz.

1. “AirPods” audio quloqchinlarni topish
iOS 10.3’da joriy qilingan ajoyib va qiziqarli Find My AirPods funksiyasi «iPhone’ni topish» ilovasidan o‘rin egallagan. Uning yordamida siz xaritada simsiz, tugmadek keladigan AirPods audio quloqchinlarining qayerda qolib ketganini ko‘rasiz. Uni osonroq topish uchun funksiya yordamida qurilma o‘zidan ovoz ham chiqaradi. Ilova panelining quyi qismidagi karnay belgisi yordamida o‘ng va chap tomon yoki yo‘qolgan quloqchinda ovozni bir vaqtning o‘zida faollashtirish mumkin. Kompaniya Find My AirPods’ni ishlatib ko‘rishdan avval audio quloqchinlarning quloqda emasligiga ishonch hosil qilishni maslahat bermoqda. Aks holda, ularning chiyillashidan garang bo‘lib qolish mumkin 🙂

2. Yangilangan ilova animatsiyasi
iOS 10.3’da bosh ekranning o‘zidan muayyan ilovani ishga tushirish animatsiyasi yangilanib, endi uning ekrani yanada silliq va o‘ziga xos dizaynda.

 

3. Endi ob-havo elektron xaritada aks etadi
Operatsion tizimdagi elektron karta ilovasi yangilanib, endi 3D Touch, ya’ni barmoq zarbini tushunadigan maxsus ishorani bosish orqali biror manzildagi ob-havoni bilish, ekranning o‘ng tomon quyisida esa batafsil ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.

4. Apple ID profili
Apple sozlamalarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yangi bo‘lim paydo bo‘ldi. Apple ID nomli qo‘shimcha xavfsizlik xizmati foydalanuvchiga kimdir uning login va parolini o‘zgartirgan, bilib olgan taqdirda ham, shaxsiy sahifaga faqatgina ayfon egasining o‘zining kirishini kafolatlaydi. Ya’ni, bu orqali barcha gadjetlarning iCloud xizmati, to‘lovlar haqidagi ma’lumotlar, App Store ma’lumotlar va boshqalarning himoyalanganlik darajasi yanada oshdi.

5. iCloud uchun yangi bo‘lim
iOS 10.3’da iCloud’ xotirasining taqsimotiga oid ma’lumotlar bilan batafsil tanishish mumkin bo‘ldi (diagrammada foto, zahira nusxalari, hujjat va xatlarning taqsimoti keltirilgan). Shuningdek, bu yerda qaysi ilovaga oid ma’lumotlarni saqlashni ham belgilash mumkin. Yangi bo‘limga kirish: Sozlamalar –> Apple ID –> iCloud.

6. Yangi APFS fayl tizimi
iOS 10.3 tizimida Apple’ning mobil qurilmasi yangi avloddagi Apple File System (APFS) nomli fayl tizimiga o‘tadi. Mazkur tizim kompaniya tomonidan “nol”dan boshlab qurilgan bo‘lib, unda mobil va ma’lumotlarni saqlash qurilmalaridagi ma’lumotlarni saqlash mumkin. Bu tizim ma’lumotlarni shifrlab, himoya qiladi. Mazkur tizim ma’lumotlardan foydalanishga oid ma’lumotlarni qayd etish, fayllarni klonlashtirish kabi bir qator jihatlarga ega. APFS tizimini iPhone va iPad’ga o‘rnatish mobil apparatining faoliyati samaradorligini oshiradi.

7. Vidjetlarning turli-tumanligi
Vidjetlar sahifasiga qo‘shilgan yangi interatkiv elementda oxirgi yuklangan 4 ta yoki 8 tagacha audiofayllarni ko‘rib borish mumkin.

8. Eskirgan ilovalardan iborat yangi bo‘lim

iOS 10.3’da kompaniya 32 bitli, ya’ni eskirgan ilovalar uchun alohida bo‘lim tashkil qilgan. Sozlamalar –> Qurilma to‘g‘risida –> Dasturlar. Apple’ning ogohlantirishicha, mazkur ilovalar iOS 11 tizimida ishlamaydi.

iOS 10.3’ni bevosita iPhone va iPad’ga o‘rnatish mumkin. Buning uchun iOS sozlamalariga kirish yoki qurilmani iTunes’ga ulash kerak bo‘ladi. Shuningdek, yangi tizimni IPSW formatida quyidagi linklar orqali yuklab olish va o‘rnatish mumkin.

iOS 10.3’ni iPhone va iPad’larning modeliga ko‘ra, yuklab olish:

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!