iOS 10’ni qo‘llab-quvvatlovchi (yoki aksincha) qurilmalar ma’lum qilindi

iOS 10’ni qo‘llab-quvvatlovchi (yoki aksincha) qurilmalar ma’lum qilindi

Apple yangi imkoniyatlarga boy iOS 10 operatsion tizimini ishga tushirdi. Ammo baxtga qarshi u iPhone hamda iPad’larning eski talqinlarida ishlamaydi.

Apple 13 iyun kuni Jahon Dasturchilari Anjumanida dastur ishlab chiqaruvchilariga e’tiboriga e’lon qilgan operatsion tizimni qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmalar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra Apple’ning iPhone 5 va undan keyingi smartfonlari, Apple’ning iPad Mini va uning keyingi avlodlari,  iPad 2 va undan keyingi shu turdagi qurilmalar, iPod’ning 5- va 6-avlod sensorli qurilmalari foydalanuvchilari yangi iOS 10 mobil operatsion tizimini yuklab olishlari mumkin.

iOS 10 mobil operatsion tizimini yangilab olish mumkin bo‘lgan qurilmalarning to‘liq ro‘yxati

Apple imkon qadar ko‘pchilik foydalanuvchilari mazkur innovatsion talqindagi operatsion tizimni yangilashi tarafdori. Ishlab chiqaruvchilar, dasturchilar esa endi uning ommabopligiga qarab yangi dasturlarni ishlab chiqaradilar.

Anjumanda e’lon qilingan yana bir muhim o‘zgarish Siri — ovozli yordamchisini, elektron xarita tizimini takomillashtirish ishlarida xohlovchi, ya’ni Apple xodimi bo‘lmagan dasturchilarning ham qatnashishiga imkon berilgani bo‘ldi. Natijada dasturchilar Siri’ni va xaritani o‘z ilovalari bilan yaxlitlashtirishlari mumkin.

Qolaversa, yangi tizim xaridorlarga iPhone’dagi o‘zlari uchun keraksiz deb topilgan ilovalarni smartfon xotirasidan o‘chirish imkoniyatini beradi. Bu imkoniyat Android foydalanuvchilariga hali berilmagan.

Modomiki, kompaniya yangi operatsion tizimni oldingi ayfonlarga ham moslashtirmas ekan, unda 2011 yilda e’lon qilingan, hali ham ommabop bo‘lgan (jahon miqyosida undan foydalanuvchilar ayfon foydalanuvchilarining 5 foizini tashkil etadi) iPhone 4s, iPad, iPod’ning eski talqini iOS 10’dan foydalana olmaydilar.

Hozircha iOS 10’ning sinov talqini dasturchilar ixtiyoriga topshirildi. Ommaviy sinovdan o‘tkazish esa iyuldan boshlanadi. iOS 10 operatsion tizimi to‘liq shaklda 2016 yilning kuzida e’lon qilinadi.