iOS 11’da ayfon qo‘ng‘iroqni avtomatik qabul qiladi

iOS 11’da ayfon qo‘ng‘iroqni avtomatik qabul qiladi

Qo‘ng‘iroq bo‘layotgan paytda qo‘llarning band bo‘lishi yoki boshqa sabablar bilan unga javob bera olmaslik vaziyati har bir smartfon foydalanuvchisi bilan tez-tez sodir bo‘lib turadi. iOS 11 bilan endi bu muammo bartaraf bo‘ladi. Ayfon operatsion tizimining yangilanishidan so‘ng gadjetda qo‘ng‘iroqlarni avtomatik ravishda qabul qilish funksiyasi paydo bo‘ladi.

Ushbu funksiyani ishga tushirish uchun iOS 11 yangilanishidan so‘ng bu amalni bajaring: Sozlamalar > Asosiy > Universal foydalanish > Ovoz manbaasi > Qo‘ng‘iroqlarga avto-javob qaytarish.

iOS 11 sozlamalarida bu avto-javob qaytaruvchi funksiyaning qo‘ng‘iroqlarni qancha vaqt oralig‘ida, ya’ni 0 dan 60 sekundgacha bo‘lgan vaqtda qabul qilishini belgilash kerak bo‘ladi. Natijada, foydalanuvchi belgilangan vaqtdan ertaroq qo‘ng‘iroqqa javob bermasa, iPhone avtomatik ravishda kirish qo‘ng‘iroqlarini qabul qiladi.

Hozircha, kompaniya bu funksiyaning qanchalar zarur ekanligi xususida ma’lumot berayotgani yo‘q. Biroq, zarur mahalda, qolaversa imkoniyatlari cheklanganlar uchun mazkur funksiya ayni muddao.

Ayni paytda Apple iOS 11’ning ilk sinov talqinini dasturchilar uchun e’lon qilgan. Ammo undan xohlovchilar foydalanishlari mumkin. Mobil operatsion tizim sentyabrda to‘liq ishga tushiriladi.