iOS va Android foydalanuvchilari 2016 yilda 80 mlrd ilova yuklab olishdi

iOS va Android foydalanuvchilari 2016 yilda 80 mlrd ilova yuklab olishdi

Yaqinda tahlil bilan shug‘ullanadigan Sensor Tower kompaniyasi App Store va Google Play onlayn-do‘konlarining o‘tgan yildagi daromadiga oid hisobotni taqdim qildi.

Kompaniya taqdim qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yilning so‘nggi choragida har ikkala do‘konning sof daromadi 8,7 mlrd dollarni tashkil qilgan. Bu esa 2015 yilning shu davriga nisbatan 67 foizga yuqori ko‘rsatkichdir.

Ta’kidlash kerak, Apple kompaniyasi o‘z raqibiga karaganda ko‘proq daromad ko‘rgan ($5, 4 mlrd), o‘sish sur’ati esa 60 foizni tashkil qilgan. Tahlilda yozilishicha, har ikkala do‘kondan o‘tgan yilning so‘nggi choragida 19,2 mlrd dona ilova yuklab olingan, 2016 yilda esa jami yuklab olingan ilovalar soni esa 80 milliarddan iborat bo‘lgan.

Sensor Tower ma’lumotlarida Facebook va Facebook Messenger 2016 yilda eng ko‘p yuklab olingan ilovalar sifatida qayd etilgan. Uchinchi o‘rinni Whatsapp messenjeriga tegishli ilova band qilgan. Shuningdek, reytingning yuqori pog‘onasidan Spotify, Line va Netflix ilovalari ham o‘rin olgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!