iPhone 6S Plus – “Malika”dagi eng qimmat ayfon

iPhone 6S Plus – “Malika”dagi eng qimmat ayfon

Mazkur mobil aloqa vositasi 2015 yilning sentyabr oyida Apple kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan. Uning korpusi 7.3 mm qalinlikda, bo‘yi 158.2 mm hamda eni 77.9 mm bo‘lib, smartfon vazni 192 grammni tashkil qiladi. Smartfon displeyining diagonali 5.5 dyuym. U ayni kunda eng ko‘p ommalashgan qimmatbaho telefonlar qatoridan o‘rin egallagan.

iPhone 6S Plus

Displey

IPS LCD turidagi sensor displeydagi ranglar jilodorligi 16 millionni tashkil etadi. Uning piksel sig‘imi 1080 x 1920 belgiga teng. Ya’ni, har dyuymda 401 ta belgi.

Displey maxsus plyonka va himoya shisha qatlamiga ega bo‘lib, unda 3D Touch chertish hamda Display Zoom tasvirni yaqinlashtirish texnologiyalari joriy qilingan.

Platforma tizimi

iPhone 6S ayfonining yanada ilg‘or talqini bo‘lgan iPhone 6S Plus gadjeti iOS 9 operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi. Uni iOS 9.3 talqiniga ham yangilash mumkin. 1.84 Ggs tezlikda ishlaydigan Apple A9 protsessori bugungi kunda ham eng kuchli protsessorlar sirasiga kiradi.

iPhone 6S Plus

Xotira  

Smartfon 2 GB tezkor xotiraga ega bo‘lib, uning 16/64/128 GB xotirali talqinlari ishlab chiqarilgan. Ammo smartfonning eng katta kamchiligi sifatida uning qo‘shimcha xotira bo‘lmachasisiz ishlab chiqarilgani aytiladi. Ya’ni, xotirani kengaytirish imkoni mavjud emas.

iPhone 6S Plus

Kamera

iPhone 6S Plus fabletining bosh kamerasi 12 Mp formatida suratga oladi. U avtofokus, optik barqarorlashtirish, qo‘sh LED fotochaqnoq, sifatni tekshirib ko‘rish kabi funksiyalarga ega. Bosh kamera 4K formatda video tasvir yozadi.

Bu ayfoning 5 MP old kamerasi esa 720p formatida video yozib olishi mumkin.

Akkumulyator

Korpusdan ajralmas akkumulyatorning quvvat sig‘imi 2750 mA soat. U 3G aloqa tarmog‘ida Stand-by, ya’ni “kutish rejimi”da qurilmaning 384 soat faoliyatini ta’minlaydi. Mazkur tarmoqda aloqa qurishda esa bu quvvat unga 24 soatga dosh beradi. Musiqa tinglovchilari esa bu quvvat yordamida smartfondan 80 soatgacha foydalanishlari mumkin.

iPhone_6_Plus

O‘ziga xos jihatlari

iPhone 6S Plus smartfonida barmoq izlari skaneri, akselerometr-giroskop, kompas, barometr, masofa skanerlari, shu bilan birga HTML5 (Safari) brauzeri, Siri ovozli buyruq berish tizimi, audio, video, foto tahrirlash, dokumentni tahrir qilish tizimlari o‘rnatilgan.

apple-iPhone-6-Plus

Narx-navo

2016 yil 13 aprel holatiga ko‘ra, «Malika» savdo markazida Apple iPhone 6S Plus ayfonining 128Gb doimiy xotiraga ega talqini 5,934,000 so‘mdan sotilmoqda.  Qurilmaning xuddi shu talqini Amazon xalqaro internet do‘konida $775 dollardan sotilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!