iPhone 7’ning nomi ma’lum bo‘ldi, iPhone 8’ning surati e’lon qilindi

iPhone 7’ning nomi ma’lum bo‘ldi, iPhone 8’ning surati e’lon qilindi

Shu vaqtga qadar “iPhone 7” nomi bilan atalayotgan yangi ayfonning asl nomi iPhone 6SE ekanligi to‘g‘risida Germaniyaning Apfelpage.de nashri xitoylik ishonchli manbaaga suyanib xabar qilmoqda. Manbaaning ma’lum qilishicha, Apple Xitoydagi zavodlardan biriga ‘iPhone 6SE’ brendi tushirilgan qutilarni tayyorlash uchun buyurtma bergan.
Gap shundaki, ayfonning navbatdagi vakili dizayn jihatdan kompaniyaning so‘nggi gadjeti — iPhone 6s’dan u qadar ham farq qilmaydi. Shu sababli, an’anaga ko‘ra unga “SE” (special edition), ya’ni “maxsus talqin” qo‘shimchasi qo‘shilsa ajab emas. Kompaniya 2016 yilning 21 martida namoyish qilgan iPhone SE ham tashqi ko‘rinish va dizayni jihatdan iPhone 5s’ni “merosxo‘ri” edi. ‘S’ talqinda asomiy e’tibor ichki yangilanishlarga qaratiladi.
VentureBeat insayderi muxbiri Evan Blassning ma’lum qilishicha, kelayotgan iPhone taqdimoti 16 sentyabr kuni, yangi iPad, Apple Watch qurilmalari va iOS 10 operatsion tizimi bilan birga namoyish etiladi.
iPhone’ning keyingi vakillari Apple’ning A10 protsessoriga hamda quvvat sig‘imi kattaroq bo‘lgan akkumulyator bilan ta’minlanadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Apple qurilma bilan bog‘liq shov-shuvli o‘zgarishlarni kompaniyaga omad olib kelgan ayfon qurilmasining 10 yilligi nishonlanishi kutilayotgan 2017 yilga asrab turibdi.
Tamoman yangicha dizayn va jihatlarga ega iPhone 8 simsiz quvvat olish funksiyasi, shisha qobiq, metall romlar, korpussiz — sohillari tutash displey, AMOLED platformasida ishlaydigan 4K ekranga ega bo‘ladi. Displeyda Touch ID tizimi tatbiq etilib, “Bosh tugma” virtual ko‘rinishga o‘tadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!