iPhone 7 o‘rniga 2017 yilda iPhone 8 taqdim etiladi

iPhone 7 o‘rniga 2017 yilda iPhone 8 taqdim etiladi

Apple yangiliklarini tadqiq qiluvchi Barclays insayderining taniqli eksperti Mark Moskovitsning ma’lum qilishicha, bu yil iPhone 7 smartfoni u qadar ham shov-shuv bilan taqdim qilinmaydi va kompaniya 2017 yilda ayfonning taqdim etilganiga 10 yil to‘lishi munosabati bilan birato‘la yanada sermahsul iPhone 8 mobil telefonini namoyish qilishni rejalashtirgan.

Gap shundaki, sentyabr oyida jamoatchilikka namoyish qilish reja qilingan iPhone 7 oldingi yilgi ayfonlardan u qadar ham farq qilmaydi. Aniqrog‘i, uning yanada yupqa metall korpusida 3.5 millimetrli audio quloqchin konnektori mavjud bo‘lmaydi.

Shuningdek, iPhone 7’da tasvirga olish ko‘nikmasi ham birmuncha oshirilgan bo‘ladi. Kuzda namoyish qilinadigan iPhone 7 va iPhone 7 Plus flagmanlari qo‘sh kameralar bilan ta’minlangan bo‘lishi ham mumkin.

MacRumors nashrining yozishicha, Apple 2017 yilda keng innovatsiyalar asosida ishlab chiqariladigan iPhone 8 smartfonini sotuvga chiqarishni mo‘ljallamoqda. Uning hozirdanoq kelasi yilning eng yaxshi mobil qurilmasi bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

apple

Insayderning yozishicha, yangi flagmanda dizayn tubdan o‘zgarib, u OLED-displey bilan ta’minlanadi. Apple’ning o‘tgan haftada 100 million dona OLED-panellariga buyurtma berishi bu taxminga asos bo‘lgan. Innovatsiyalashgan qurilmada “Home” bosh tugmasi bo‘lmaydi, uning o‘rniga sensorli tugmadan foydalaniladi.

Yana bir muhim o‘ziga xosligi shuki, iPhone 8 ham Galaxy kabi simsiz quvvatlash tizimiga ega bo‘ladi.

KGI Securities kompaniyasi eksperti Ming-Chi Kuoning aytishicha, kompaniya yangi ayfonda alyuminiy korpuslar o‘rniga shishadan foydalana boshlaydi.

Tahlilchilarning fikricha, iPhone 7S taqdim qilinmagani bois 2015 yilda iPhone savdosi 1,8 %ga tushib ketgan. O‘z navbatida, yangi iPhone 8 qurilmasi yordamida kompaniyaning savdo hajmi 2017 yilda 10,7 %ga oshishi mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!