iPhone 7: Yetakchi nashrlarning tavsif va xulosalari  

iPhone 7: Yetakchi nashrlarning tavsif va xulosalari  

Apple kompaniyasi bir muddat nashrlarga iPhone 7 hamda iPhone 7 Plus smartfonlari haqida tavsif yozishni ma’n qilgan edi. Ammo kuni kecha bu ta’qiqning olib tashlanishi bilan jahonning nufuzli jurnal hamda ixtisoslashgan saytlari qo‘llariga yetib kelgan va hali rasman sotuvga chiqmagan yangi ayfonlarni sinovdan o‘tkazib, ayfonlar haqida yozishmoqda. Biz ulardan ba’zilarini e’tiboringizga havola qilamiz.

TechCrunch

Nufuzli axborot texnologiyalar nashri Apple muxlilari hafsalasini pir qilgan xabar – iPhone dizaynining yangilanmasligi bilan bog‘liq gap-so‘zlarning tarqalishi kompaniyaning aybi ekanini yozadi. Boisi kompaniya har 2 yilda yangicha ko‘rinishdagi ayfonni taqdim etishini qayta-qayta aytadi. Aslida esa bu galgi ayfonda Apple yangi smartfon dizayni deganda faqat ko‘rinish emas, balki uning qanday ishlashi ham muhim ekanini isbotladi. Va, taqdimotdan oldin ham asosiy urg‘u shunga qaratilish kerak edi.

Nashrning qayd etishicha, Apple yangi ilg‘or kamera, yanada yorug‘roq fotochaqnoq va suv ta’siridan himoyalangan korpus bilan muxlislarni hayratlantira oldi.

TechCrunch yangi ayfonning har ikkala talqinidagi kameralarda rangni qayd etish, optik barqarorlashtirish tizimi sifatli ishlaydi.

Faqat «qora oniks» talqinidagi korpus juda oson tirnaladi va bu – metall!

3,5 mm audio portning yo‘qligini jurnalist-ekspertlar Apple foydalanuvchilarga yanada keng qulaylik yaratishga intilayotgani bilan izohladilar.

Ammo, bu to‘liq simsizlik o‘tildi degani emas, perexodnik yordamida hali ham ayfonlarda simli garnituralardan foydalanish mumkin.

iPhone 7

Engadget

Yana bir nufuzli nashr bo‘lmish Engadget’ning yozishicha, Apple tavakkal qilishga shoshmayapti.  Nashr ekspertlari va tahlilchilari iPhone 7’ga 100 ballik shkalada 91 ball berishdi. Smartfonning o‘ziga xosliklari qatoriga korpusning suvdan himoyalanganligi, yorqin ekran kiritilgan bo‘lsa, shunchaki o‘rnatilgan “Home” tugmasi va o‘zgarmagan dizayn kamchiliklar qatoridan joy oldi.

iPhone 7 Plus, jumladan, 1 ball yuqori baho oldi. Qo‘sh ko‘zli ayfonda, shuningdek, kamera sozlamasining qulay interfeysi ham qayd etilgan. Biroq, kompaniya qo‘ygan narx-navoning juda balandligi ham alohida aytilmoqda. Qolgan yaxshi va yomon jihatlari iPhone 7’niki kabi.

iPhone 7 The Verge

Axborot texnologiyalari olamining yana bir taniqli nashri bo‘lmish The Verge bosh muharriri Nilay Patelning aytishicha, iPhone 7 hamda 7 Plus – nihoyatda o‘zgacha qurilmalar.

Ular bugungi smarfton foydalanuvchilari o‘rganib qolgan qoidalarni rad etishsa-da, ko‘rinishini hisobga olmaganda, avvalgi ayfonlardan farq qilmaydi.

Muharrir iPhone 7 hamda 7 Plus “smartfon kelajagi to‘g‘risida kuchli bayonot” ekanini,  iPhone 7 Plus smartfonidagi qo‘sh kameralar mobil fotografiyaning yangi davrini boshlab berishini qayd etgan.

Shu o‘rinda fikrlar orasida “Home” tugmasi ham endi moddiy klavish sifatida ramziylashib, ko‘proq datchiklar maskaniga aylanib borayotgani qayd etilgan.

A10 Fusion protsessori esa faoliyatiga ko‘ra noutbuklarning chiplari bilan bellasha oladigan 2 ta kuchli yadro, shuningdek smartfon akkumulyatoriga qo‘shimcha 2 soat ishlash imkonini beradigan yana 2 ta quvvat tejaydigan yadroga egaligi nashr tavsifida qayd etilgan.

Shuningdek, tavsifda iPhone 7 kamerasining yorug‘lik past joyda olgan suratlari boshqa telefon kameralarida olingan suratlar bilan taqqoslangan.

Apple’ning  iPhone korpusidan 3,5 mm portning olib tashlanishi esa, kompaniyaning o‘ziga shuni  ep ko‘rgani, bu Apple’ning tanlovi ekani bilan izohlangan. Bir vaqtlar floppi-disklar, optik disklar, xotira kartalari, USB-portlardan voz kechishni ham aynan Apple boshlab bergan va keyinchalik boshqa ishlab chiqaruvchilar ham bu tamoyillarni qabul qilishgan.

Nashr yangi ayfonlarga 10 dan 9 ball qo‘ygan. The Verge muharriri, shuningdek iPhone 7’ni kelajak smarftonlarining o‘tish bosqichi deb ifodalagan.

The Wall Street Journal

Bu taniqli jurnal ham Apple’ning yangi smartfonlarini iliq qarshi olgan. Ammo, jurnal muharrirlari smartfonlardan 3,5 mm portning olib tashlanishi behuda va o‘rinsiz urinish bo‘lganini jar solib yozishgan edi.  Apple bu orqali korpus ichini kengaytirishga erishgan.

Tavsifda korpusning suv ta’siriga bardoshli ekani, qorong‘uda ham endi qo‘rqmasdan surat olish mumkinligi qayd etilgan.

Shuningdek, tavsif muallifi Jofri Fauler smartfonni suvga “cho‘ktirgan”, uning quvvat manbaini sinovdan o‘tkazgan. Suv tushib chiqqan smartfon “yashab ketgan” va quvvat bo‘yicha sinovda akkumulyator avvalgi ayfonlardan 1,5 soat ko‘proq ishlashini isbotlagan. Umuman olganda, iPhone 7 hamda 7 Plus kuchliroq akkumulyatorga, sifatli surat oladigan kamera ega bo‘lgani hisobga olinib, ularning munosib smartfon ekani ifoda etilgan.

Aytgancha, iPhone 6s hamda 7 va Samsung Galaxy S7 edge hamda iPhone 7 Plus’da olingan suratlarga siz ham baho bering.

Taqqos1 Taqqos

Pocket Lint

Nashrning yozishicha, iPhone 7 va 7 Plus katta o‘zgarishlarni boshlab kelgan. Silliq «qora oniks» korpusi jurnalistga iPhone 3G’ni eslatib yuboribdi va barmoq izlariga o‘ch ekan.  Metallning shisha bilan uyg‘unlashuvi mohirlik bilan amalga oshirilgan.

Tavsifda endi iPhone 7’ning suvga tushib ketishi foydalanuvchi uchun qiyomatni eslatmasligi alohida e’tirof etiladi. Shuningdek, qo‘sh dinamikaga ega iPhone apparatining akustikasi ham ijobiy baholangan.

Tavsifda “Home” tugmasi Force Touch barmoq zarbini sezish texnologiyasida ishlashi va u vibratsiya orqali qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etishi smartfon sanoatida yangilik ekani aytilgan.

The New York Times

Gazetaning bildirgan munosabati quyidagicha: «iPhone 7 va 7 Plus ideal emas, biroq ular orqali Apple muxlislariga bergan va’dasini oqladi». Kamchiliklar esa ayfonning takomillashuvi uchun muhim qadam bo‘ladi. 3,5 mm portning olib tashlanishi esa endi o‘tmish va «Home» tugmasidagi yangilanish uning keyingi ayfon avlodida virtual shaklga  o‘tishini anglatadi.

Time

Time yangi smartfonlarni «Apple shu vaqtga yaratgan eng yaxshi iPhone» deya baholagan. Uning yaxshi jihatlari qatoriga samaradorligi, eng sodda talqinda ham 32 GB doimiy xotira tatbiq etilgani aytilsa, 3,5 mm portning olib tashlanishi, Android-flagmanlardan uzog‘roq quvvat olishi kamchiliklari qatoridan o‘rin egallagan.

Time’ning aytishicha, suratga tushishni xush ko‘rganlar, doimo cho‘ntagida yangi “Olma” mahsuloti bo‘lishini istaydigan Apple ishqibozlari uchun iPhone 7 ayni muddao ekan.

Time iPhone 7 kamerasini Zion milliy bog‘ida sinovdan o‘tkazgan.  Unga o‘zingiz baho bering.

Quyidagilar esa iPhone 7 Plus smartfonida olingan suratlar. 

Mashable

Nashr  iPhone 7 hamda 7 Plus smartfonlari dumaloq audio port bo‘lsa-bo‘lmasa, baribir ajoyib smartfonlar bo‘lib qolishlarini yozgan.  iPhone 7’ning bejirimligi, yangicha “Home” tugmasi, kamerasi, faoliyat samaradorligi, quvvat tizimi nashrga ma’qul bo‘lgan ekan. Kamchilik sifatida Mashable ham 3,5 mm portning olib tashlanishi, «qora oniks» talqinining oson tirnalishini yozgan.

iPhone 7 hamda 7 Plus olgan suratlar bu yerda ham Samsung Galaxy S7 olgan suratlar bilan taqqoslanadi.

Taqqos2 Taqqos3 Taqqos

Umumiy olganda iPhone 7 – bu  iPhone 6s’ning sayyqallangan talqini ekani aytiladi.

“iPhone 7 Plus’ni xarid qilmasangiz, boshqa yaxshi smartfon topa olmay boshingiz qotadi”, deydi jurnalist Lens Ulanoff.

Yangi ayfonlarning to‘liq imkoniyatlari hali ochilganicha yo‘q. Apple an’anaga ko‘ra, taqdimotda iPhone 7 va 7 Plus’ga oid ko‘p texnik jihatlarni, jumladan akkumulyator sig‘imini ma’lum qilmagan edi.
13 sentyabr kuni esa 4,7 dyuymli iPhone 7’ning akkumulyator sig‘imi 1960 mA soat (iPhone 6s’niki 1750 mA soat edi), iPhone 7 Plus’ning akkumulyator sig‘imi esa 2900 mA soat ( iPhone 6s Plus’niki 2750 mA soat) ekan.

Jarayonni kuzatishda davom etamiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.