iPhone 8’ga bir necha million dollarlik yangi texnologiya xarid qilindi

iPhone 8’ga bir necha million dollarlik yangi texnologiya xarid qilindi

Isroil davlatining RealFace startapi biometrik skaner texnologiyasini yaratish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan ilg‘or kompaniya hisoblanadi. 2014 yilda tashkil etilgan mazkur kompaniyada bor-yo‘g‘i 10 ta xodim ishlasa ham, ayni paytda kompaniya mazkur biometrik skaner texnologiyasini rivojlantirishga kamida 1 mln AQSh dollari sarflagani to‘g‘risida ma’lumotlar bor.

Biometrik skaner mobil qurilmalarga o‘rnatiladi va qurilma foydalanuvchining yuz tuzilishini tekshiruvdan o‘tkazib, uni tizimga kirish-kirmasligi bo‘yicha qaror qabul qiladi. Ma’lum bo‘lishicha, RealFace texnologiyasi 3 soniya ichida smartfonning old kamerasi yordamida foydalanuvchini tekshiruvdan o‘tkazadi.

Insayderlarning yozishlaricha, Apple RealFace texnologiyasini bir necha million dollarga sotib olgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilda taqdim etilishi kutilayotgan iPhone smartfonining yangi modeli simsiz qulay quvvatlash tizimi, keng va bosh tugmasiz ekranga va boshqa qator yangi innovatsiyalarga ega bo‘ladi. KGI Securities tadqiqotlar kompaniyasining tahlilchisi Min Chi Kuoning so‘zlariga qaraganda yangi ayfonda ham bosh kamera vazifasini ikkita kamera moduli bajaradi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!