iPhone 8 korpusi IP68 standarti bilan himoyalanishi mumkin

iPhone 8 korpusi IP68 standarti bilan himoyalanishi mumkin

Borgan sari Apple kompaniyasining navbatdagi flagman smartfoni bo‘lgan iPhone 8 modeli to‘g‘risida har xil tafsilotlar paydo bo‘lmoqda. 4PDA nashrining yozishicha, joriy yilda taqdim etiladigan “Olma” flagmanlarining korpusi IP68 standarti bilan suv va changdan himoyalanishi mumkin ekan.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning sentyabr oyida taqdimoti o‘tkazilgan iPhone 7 va iPhone 7 Plus modelllarining korpusi IP67 standarti bo‘yicha himoyalangan. Shu bois kompaniyaning navbatdagi flagmanlarni joriy qurilmalardan texnik parametrlar bo‘yicha kuchliroq bo‘lishi kutilmoqda.

Samsung kompaniyasining 2016 yilda sotuvga chiqarilgan Galaxy S7 va S7 Edge smartfonlari IP68 himoyasiga ega, 1,5 metr chuqurlikkacha bo‘lgan suv havzalarida 30 daqiqagacha “sho‘ng‘iy oladi”.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.