iPhone 8 korpusi uchun alyuminiy o‘rniga zanglamas po‘lat ishlatiladi

iPhone 8 korpusi uchun alyuminiy o‘rniga zanglamas po‘lat ishlatiladi

Digitimes nashrining yozishicha, Apple kompaniyasi iPhone 8 modelining korpusini tayyorlashda alyuminiy qorishmasidan voz kechadi va uning o‘rniga zanglamas po‘latdan foydalanadi. Zanglamas po‘latdan qilingan qismning usti esa kuchaytirilgan shishavand qatlam bilan qoplanadi.

Qurilmalar Tayvanning Foxconn hamda AQShning Jabil kompaniyalari tomonidan yig‘ilishi ma’lum qilingan. Ishlab chiqarish jarayoni smartfonlarni yig‘ishga sarflanadiga vaqt va xarajatlarni qisqartirishga yordam beradi, biroq sifat nazorati avvalgiday yuqori darajada saqlab qolinadi, deyiladi nashr xabarida.

Ushbu qaror natijasida iPhone uchun korpus yetkazib beradigan Catcher Technology va Casetek kompaniyalari yangi tarkibdagi materiallarni ham qayta ishlash talab etilgani bois bundan zarar ko‘rmaydi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!