iPhone 8’ning xitoylik “kushandasi” paydo bo‘ldi

iPhone 8’ning xitoylik “kushandasi” paydo bo‘ldi

Xiaomi kompaniyasi tomonidan e’lon qilinishi kutilayotgan Xiaomi Mi6 smartfonining ekrani ko‘rib turganingizdek, chetki romga ega emas hamda ekranda “Home” tugmasi mavjud emas. Shu sababli, uni barcha ekspert va tahlilchilar iPhone 8’ga raqib sifatida ishlab chiqarilgan muqobil sifatida baholamoqda. Flagmanning old paneli deyarli to‘liq ekrandan iborat.

Xiaomi Mi6 tasvirlangan deb aytilayotgan mazkur fotosurat Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida tarqalgan. Ma’lum bo‘lishicha, surat gadjetlar yig‘iladigan Foxconn zavodida olingan.

Xiaomi Mi6’ning old kamerasi suhbat karnayining chap tomonidan o‘rin egallagan. Smartfondagi barmoq izlari skaneri orqa panelda joylashtirilgan degan taxmin mavjud. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, 8 yadroli V970 protsessorida faoliyat ko‘rsatadigan gadjetga 4 yoki 6 GB operativ xotira hamda 128 dan 256 GBgacha bo‘lgan doimiy xotira fleshkasi o‘rnatiladi.

Uning ekran sig‘imi 2 talqinda — 2560x1440 pikselli FullHD hamda QHD sig‘imli versiyalarda ishlab chiqariladi.

Xiaomi Mi6’ning bosh kamerasi Sony IMX386 modelidagi 12 MP sig‘imli, old kamera esa Sony IMX268 modelidagi 8 MP sig‘imli. Devays akkumulyatori 3000 mA soat tok sig‘imiga ega bo‘ladi. Qurilmaning Xiaomi operatsion tizimida ishlashi kutilmoqda.

Xiaomi yangi mobil aloqa vositasini joriy yilning mart oyida e’lon qilishni rejalashtirgan. Smartfon narxi $290 dollardan boshlanishi ma’lum qilingan.

Xiaomi ayni paytda yana bir ekran hoshiyasiga ega bo‘lmagan Mi MIX II nomli planshetofonni tayyorlash ustida ham ish olib bormoqda.