iPhone 8 savdosini yaxshilash uchun Apple muhim qaror qabul qildi

iPhone 8 savdosini yaxshilash uchun Apple muhim qaror qabul qildi

Apple kompaniyasi iPhone 7 va iPhone 7 Plus'ning doimiy ichki xotirasi 256 gigabayt bo‘lgan talqinlarini endi savdoga chiqarmaydi. An’aga ko‘ra kompaniya bu yil ham yangi flagmanlarini taqdim qilgach, shu vaqtga qadar sotilgan eng qimmat ayfonini ishlab chiqarishni sekin-asta to‘xtatadi. 256 gigabaytli doimiy xotirali ayfonlar endi Apple'ning so‘nggi flagmanlarida bo‘ladi.

Apple onlayn do‘konida iPhone 7 va iPhone 7 Plus smartfonlarining 32 GB yoki 128 GB xotira talqinlarigina sotilmoqda.

Kompaniya kutilagnidek muvaffaqiyatli sotilmayotgan iPhone 8 va 8 Plus savdosini yaxshilash uchun ham shunday qarorga kelgan. Bu har ikkala model 256 gigabaytli doimiy xotiraga ega talqinda ishlab chiqariladi. Noyabrdan sotuvga chiqariladigan iPhone X'ning ham xuddi shuncha xotiraga ega modifikatsiyasi mavjud.

Ba’zi tahlilchilarning fikricha, iPhone 8 va 8 Plus modellariga bo‘lgan past qiziqish kompaniyaning "yubiley ayfoni" bilan bog‘liq va aksariyat ishqibozlar qo‘llaridagi gadjetni inqilobiy dizaynga ega iPhone X'ga almashtirish istagida yurishibdi.

Eslatib o‘tamiz, ishlab chiqaruvchi tomonidan iPhone 8'ning eng arzoni 699, iPhone X'ning eng arzoni 999 AQSh dollariga baholangan. Poytaxtimizdagi "Malika" savdo majmuasida eng arzon iPhone 7+ (32 Gb, rose, black) 5 781 000 so‘mdan, uning 256 gigabaytli xotiraga ega talqini 6 847 000 so‘mdan sotilmoqda. Shuningdek, bu yerda iPhone 8 (64 Gb, gold, silver) 6 437 000 so‘mdan boshlab 7 749 000 so‘mgacha (256 GB), iPhone 8+ (64 Gb) 7 175 000 so‘mdan boshlab 8 651 000 so‘m (256 GB) gacha sotilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!