iPhone 8: “yubiley ayfoni”ni qarshi oling! [галерея]

iPhone 8: “yubiley ayfoni”ni qarshi oling! [галерея]

Latviyalik bloger Benjamin Geskin Apple korporatsiyasining avvalgi smartfonlariga xos dizayn hamda ulardagi tashqi ko‘rinishning evolyusion rivojlanishi asosida iPhone brendining 10 yilligi munosabati bilan e’lon qilinishi kutilayotgan iPhone 8 flagmanining renderlarini e’lon qildi.

Suratlarda kuzda taqdim qilinishi kutilayotgan qimmatbaho smartfon “ajdod”lariga nisbatan farqli ko‘rinish hamda kelajakdagi smartfonlarga xos stilda tasvirlangan. Ya’ni, kutilayotgan smartfon shishali old va orqa panellarni o‘rab olgan metall romli, u chekkasidan bu chekkasiga qadar faqatgina displeydan iborat, ekran paneli tugmalardan xoli ravishda ishlab chiqilgan. Renderlarga muvofiq, yangi ayfonning barmoq izlari skaneri old panelda bevosita ekranda o‘rnatiladi. Ya’ni, smartfon sanoatida ilk marotaba ekranda virtual skaner joriy qilinadi.

iPhone 8 orqa panelida yangilangan ko‘rinishdagi, ya’ni modullari yonma-yon emas, korpusning yuqori chap qismida ustma-ust joylashgan bosh kamerani ko‘rish mumkin. Insayderlarning ma’lum qilishlaricha, bu o‘zgarishdan ko‘zlangan maqsad — Apple’ning mazkur kamerani to‘ldirilgan va virtual voqelik texnologiyasi bilan bog‘lash rejasidir. Bu texnologiyalar foydalanuvchiga virtual olamdagi ma’lumotlar asosida tashqi olam to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot olish imkonini beradi.

Bugungacha ma’lum bo‘lgan dalillarga asoslanadigan bo‘lsak, iPhone 8 flagmani 5,8 dyuymli OLED-displeyga ega bo‘ladi.
Yangi iPhone smartfonining an’anaviy ravishda sentyabr oyida taqdim etilishi va noyabr oyidan sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!