iPhone bilan bog‘liq eng g‘aroyib voqea

iPhone bilan bog‘liq eng g‘aroyib voqea

Uy xarid qilish inson hayotidagi eng qimmat va muhim jarayonlardan biri. Ayniqsa, uyning narxlari tobora oshib boradigan Xitoydek davlatda uy xarid qilish hammaga ham emas. Ammo, eplasa bu yerda tekinga ham uylik bo‘lish mumkin. 2016 yilning noyabr oyida Xitoydagi taniqli Tian Ya Yi Du ijtimoiy portalida foydalanuvchining o‘z hamkasbi to‘g‘risida e’lon qilgan posti qizg‘in bahs-munozalarga sabab bo‘ldi. Barchasini boshdan hikoya qilamiz.

So‘nggi vaqtlarda Xitoyda sevgan qiziga yangi ayfon sovg‘a qilish urfga kirgan. Bundan foydalanib qolgan, asli Xitoy janubidagi Shenjendan bo‘lgan Shiaoli ismli qiz husniga mahliyo bo‘lgan 20 nafar oshiqlariga yaqindagina sovg‘a qilingan, hali talash bo‘layotgan iPhone 7 smartfonidan sovg‘a qilishlarini so‘raydi.

Tabiiyki, bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslik uchun, oshiq yigitlar o‘zlarini o‘qqa-cho‘qqa urib, so‘ralgan sovg‘ani topib kelishadi. 20 ta iPhone 7 smartfonini qo‘lga kiritgan Shiaoli esa ularni 120,000 (120 mln so‘m) Xitoy yuaniga sotadi va bu pul evaziga shahar atrofida joylashgan uy uchun bankka depozit to‘laydi.

Uddaburon Shiaoli do‘stlariga yangi olgan uyini ko‘rsatganida barcha onasi uy bekasi va otasi muhojir ishchi bo‘lgan kambag‘al qizning qanday qilib uy ostib olganidan hayratda qoladi.

Qisqa fursat ichida Xitoyning Weibo tarmog‘ida “uy uchun 20 ta smartfon” heshtegi mamlakat miqyosida eng yuqori trendga aylanib, 13 million marotaba ulashiladi. Turli qiziqarli munosabatlar bildiriladi.

“Men bitta yigit topa olmayman. U bo‘lsa 20 tasini boshini aylantirib, kamiga 20 ta ayfon ham oldiribdi. Undan dars olsam bo‘lar ekan …”, “Qanchalar sharmanda qiz …”, “20 ta ahmoq yigitni jazolabdimi — qandini ursin …”

Bu voqeaga shubha bilan qaragan va oydinlik kiritishni istagan BBC’ning Xitoy bo‘linmasi kompaniya orqali Shiaolini suhbatga ham tortishni istagan. Biroq, “qahramon” qiz bu taklifni rad qilgan. Bu voqea hozirgacha ham ayfon bilan bog‘liq qiziq hikoya sifatida og‘izdan-og‘izga ko‘chib yuribdi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!