iPhone yig‘iladigan maxfiy fabrika suratlari e’lon qilindi

iPhone yig‘iladigan maxfiy fabrika suratlari e’lon qilindi

Apple smartfonlari yig‘iladigan jahonning eng maxfiy va qattiq qo‘riqlanadigan fabrikalaridan biri Pegatron hududi tasvirga olingan suratlar Bloomberg nashri tomonidan e’lon qilingan. Bu fabrika Shanhay shahri atrofida joylashgan.

Fabrikada yaratilgan shart-sharoitlar, mehnat jarayoni haqidagi rasmlar fotograf Kilai Shen tomonidan  olingan.

Pegatron’da ish kuni soat 09:00 da boshlanadi. Fabrika xodimlarining roppa-rosa to‘qqizda ish kiyimida o‘z joylarida bo‘lishlari talab etiladi. Ular maxsus qiyofani taniydigan skaner yordamida shaxslarini tasdiqlab keyin ish joylariga o‘tadilar. Ushbu tizim yaqinda, nazorat qiluvchi tashkilotlar tomonidan bildirilgan shikoyatlardan so‘ng joriy qilingan. Bu tizim xodimning ish vaqtidan ortiqcha mehnat qilmasligini ham ta’minlaydi.

Shu bilan birga, maxfiy fabrikada mustahkam himoya tizimini ta’minlashda metall detektorlaridan ham foydalanilgan.

Fabrika hududining kattaligi 90 ta futbol maydonining kattaligiga teng. Bu yerda 50 ming nafar xodim ishlaydi. Shahar markazidan Pegatron zavodigacha maxsus avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Fabrika hududida dam olish maskanlari, ovqatlanish shahobchalari, sun’iy ko‘llar mavjud.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!