iPhone SE 2'dagi asosiy farq ma’lum bo‘ldi

iPhone SE 2'dagi asosiy farq ma’lum bo‘ldi

Shubhasizki, iPhone SE "Olma"ning mermahsul va ommabop smarftonlaridan biri bo‘lgan. Bu fikrning yaqqol isbotini ayni paytda Apple ishqibozlari bu yil kutilayotgan iPhone SE 2 modeliga nisbatan bildirayotgan katta qiziqishlari ham isbotlaydi. Amerikalik smartfonsozning iPhone SE 2 ustida ishlayotgan 2017 yilning avgustida ma’lum bo‘lgan edi.

Korporatsiya reja qilayotgan joriy yilgi "Special Edition" turkumiga xos model haqidagi ma’lumotlar bugun taniqli blogerlar hisoblangan Tekz24 hamda 9to5Mac tomonidan tarqatildi. Ularda mazkur modelning romsiz dizaynda bo‘lishi ilgari surilmoqda.

Blogerlarning yozishlaricha, iPhone SE 2 modeli avvalgi iPhone SE hamda iPhone 8 modellarining "farzandi" bo‘ladi. Ya’ni, dizaynda u qadar katta o‘zgarish sezilmaydi, shu bilan birga texnologik jihatlar so‘nggi avlod ayfonidan olinadi.

Yangi "SE" modelining ham orqa paneli shisha xomashyosidan tayyorlanadi. Bu esa smartfonni simsiz usulda ham quvvatlash mumkinligini anglatadi. Ixcham model yangi talqinda bir oz kattalashadi. Ekran diagonali kattalashishi evaziga korpusda ham o‘zgarishlar yuz beradi, boshqaruv tugmalarining o‘rni o‘zgarishi kutilmoqda.

Ekspertlarning qayd etishlaricha, qurilma 400 dollardan sotuvga chiqariladi. iPhone SE 2'ning A10 protsessoriga hamda 2 gigabaytli tezkor xotiraga ega bo‘lishi aytilmoqda. Eslatib o‘tamiz, iPhone SE'da A9 asosiy protsessori, 2 Gb tezkor xotira o‘rnatilgan.

Yangi modelning akkumulyator sig‘imi 1700 mA soatga kattalashadi. Kamera sig‘imlarida o‘zgarish yo‘q -- 12 megapikselli bosh va 5 megapikselli old kameralar. Ehtimol, protsessor yaxshilanishi evaziga kamera sifati ham oshadi.

Sotuvga 32 GB va 128 GB doimiy xotirali talqinlarda chiqarilishi kutilayotgan smartfon bahosi 400 dollar atrofida bo‘ladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!