iPhone X Apple muhandisining ishdan haydalishiga sabab bo‘ldi

iPhone X Apple muhandisining ishdan haydalishiga sabab bo‘ldi

Apple muhandislaridan biri uning qizi iPhone X savdosidan avval smartfonni suratga olib, tarqatgani uchun ishdan bo‘shatilgan. Qayd etilishicha, bu bilan qiz kompaniya qoidalarini buzgan hisoblanadi.

YouTube tarmog‘ida e’lon qilingan videoda Apple korporatsiyasining yangi qarorgohida sayr qilib yurgan Bruk Ameliya Piterson ismli bloger qiz iPhone X flagmanini ko‘rsatib, bu uning otasiga tegishli ekanini aytadi. Ko‘p o‘tmasdan Apple vakillari qizga chiqib, videoni zudlik bilan o‘chirib tashlash kerakligini so‘rashadi. Garchi, bu rolik tezda o‘chirilgan bo‘lsa ham, Apple uning otasidan tushuntirish xati yozdirib olib, ishdan bo‘shatib yubordi.

Bruk navbatdagi videosida hali biror roligi unga bu qadar shuhrat keltirmaganini ma’lum qilgan. Shuningdek, blogerning fikricha, kompaniyaning bu qarori adolatsizlik. Boisi, YouTube tarmog‘ida iPhone X ishtirokida roliklar ko‘p va uning videosi ham ulardan farq qilmaydi.

The Verge nashriga ko‘ra, Pitersonning ishdan bo‘shatilishi videoda aks etgan hamda qurilmaning dastur ishlab chiqaruvchilarga mo‘ljallangan QR-kod va qurilma modelining kodli nomi sababchi bo‘lishi mumkinligini yozmoqda. Shu bilan birga, Apple kampusida suratga olish qat’iyan taqiqlanadi. Korporatsiya xodimining ishdan bo‘shatilishiga biror munosabat bildirmagan.

iPhone X 3 noyabrdan sotuvga chiqariladi. Uning eng arzoni kompaniya tomonidan 1000 AQSh dollariga baholangan. Jahon bozorida esa bu narx yanada oshadi.