iPhone X’dagi Face ID’ning ikkita maxfiy funksiyasi aniqlandi

  •   DiMaX
  •  1275
  •  22.11.2017 09:50

iPhone X’dagi Face ID’ning ikkita maxfiy funksiyasi aniqlandi

Apple «yubiley ayfoni»dagi asosiy innovatsiya Face ID – yuz skaneri bo‘ldi, desak adashmaymiz. Shu tizim tufayli yangi iPhone’dan barmoq izi skaneri ham olib tashlandi. Biroq kecha Face ID’ning yana ikkita yashirin funksiyasi ham mavjudligi ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

O‘QING: O‘n yashar bola iPhone X himoyasini buza oldi!

Aslida yuz skaneri nafaqat smartfonni blokdan chiqarish, balki App Store do‘konida hamda Apple Pay orqali amalga oshiriladigan xaridlarda foydalanuvchining shaxsini tasdiqlash uchun ham qo‘llanadi. Lekin Face ID’ning yana ikkita funksiyasini hali kuni kecha aniqlashdi.

O‘QING: iPhone X’dagi Face ID’ni aldashga qarshi niqoblar sotuvga chiqdi

Reddit forumida paydo bo‘lgan munozaraga ko‘ra, Deathbyitaliano nikli foydalanuvchi «yubiley ayfoni»dagi funksiyani tasodifan payqab qolgan. Ya’ni, agarda budilnigi chalingan payti egasi iPhone X’ga ko‘zlarini ochiq tutganicha biroz muddat qarab tursa, smartfon budilnikni o‘chirar ekan. Ya’ni, egasining nigohi ayfonga uning allaqachon uyg‘onib bo‘lganini anglatadi va u qo‘ng‘iroq chalishni to‘xtatadi.

Lekin bu ham hali hammasi emas. Forumdagi dave_let nikli foydalanuvchining yozishicha, kiruvchi qo‘ng‘iroq kelgan payti ham egasi iPhone X ekraniga tikilib tursa, qo‘ng‘iroq tovushi pasayar ekan.

O‘QING: Egasi uyqudaligida iPhone X'ni blokirovkadan chiqarsa bo‘ladimi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!