iPhone X: ekspertlar flagmanning tannarxini aytishdi

iPhone X: ekspertlar flagmanning tannarxini aytishdi

iPhone X ayni paytda "tillarga tushgan" flagman bo‘lib, ekspertlar uni har tomonlama o‘rganishga kirishib ketishgan. Jumladan, uning narx-navosi ham sinchiklab o‘rganilganida, gadjetning narxi uning tannarxidan 60% ga ko‘proq ekani aniqlangan. Ya’ni, Apple eng qimmat flagmani uchun $412 dollar sarflagan ekan. iPhone X'ning eng qimmati esa 3 noyabrdan 1149 dollar dollardan sotuvga chiqariladi.

Gsmarena nashrining xabar berishicha, 10-avlod iPhone smartfonidagi eng qimmat tarkibiy qism OLED-ekran ekan. Uning bahosi $80 dollarga teng. Shuningdek, $18 dollar mablag‘ himoya shishasi uchun sarflangan. Xotira modullari uchun ham yaxshigina narx sarflanadi: 256 gigabaytli xotira uchun $45 dollar, 3 GB tezkor xotira uchun yana $24 dollar. Protsessor A11 Bionic hamda unga yordamchi Qualcomm modeli uchun $44 dollar to‘langan. Ilg‘or funksiya deb baholangan Face ID 3D-kamerasi esa $25 dollardan xarid qilinadi.

Shu bilan birga, mutaxassislarning qayd etishlaricha, telefon konstruksiyasi, iOS hamda qo‘shimcha voqelik texnologiyasi platformasining hamda Face ID tizimining ishlab chiqarilishiga sarflangan mablag‘ smartfon tannarxiga kiritilmagan. Shuningdek, kompaniya smartfonni yig‘ish, qadoqlash, tashish va marketingi uchun ham katta mablag‘ sarflaydi.

Garchi, qimmat bo‘lsa ham, ekspertlarning fikricha, iPhone X savdo chiqarilganidan so‘ng kamida 1 yildan so‘ng Apple bozorda unga nisbatan yuzaga kelgan ehtiyojni qondirishi mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.