iPhone X ishlab chiqarish to‘xtatiladi. Muhim sabab bilan!

iPhone X ishlab chiqarish to‘xtatiladi. Muhim sabab bilan!

Amerikaning Apple kompaniyasi iPhone X flagmanini ishlab chiqarishni to‘xtatmoqchi. Bu to‘g‘rida nufuzli Daily Mail nashri xabar tarqatdi.

Ma’lum qilinishicha, bu qaror bozorda flagmanga bo‘lgan talabning keskin tushib ketgani bilan bog‘liq. Yangi smartfon modeli kompaniya tahlilchilari kutgan darajada ommalashmadi.

Natijada, iPhone X Apple ishlab chiqarishni to‘xtatgan ikkinchi telefon modeli bo‘lishi mumkin. Kompaniya 2014 yilda iPhone 5C modelini ham qisqa muddat ichida ishlab chiqarishdan olib tashlagan edi.

Shu bilan birga, ishonchli manbaning ma’lum qilishicha, Apple kompaniyasi iPhone X "inqirozi"ga qaramasdan, yanada takomillashgan iPhone X Plus modelini ishlab chiqara boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Apple korporatsiyasi bir muddat avval vaqt o‘tishi bilan ayfonlarning platforma tezkorligini sekinlashtirib qo‘yishi haqidagi xabarlardan so‘ng foydalanuvchilar tomonidan keskin tanqid qilingan edi. Bu xabar kompaniya tomonidan tasdiqlangach, bozordagi savdo ko‘rsatkichlarining tushib ketishiga ta’sir o‘tkazgan ham bo‘lishi mumkin.

Korporatsiya shu kunlarda ayfonlarning qanchalik sekinlashtirilayotganini kuzatish imkonini beruvchi dastur ustida ham ish olib bormoqda. Uning yordamida iPhone qurilmasidagi avtomatik sekinlashtirish funksiyasini o‘chirib ham qo‘yish mumkin bo‘ladi.

Apple, shu bilan birga, iOS operatsion tizimining so‘nggi talqinida bir nechta iPhone modellari ham sekinlashtirilganini tan oldi. Buning asosiy sababi sifatida smartfon akkumulyatori faoliyatini uzog‘roqqa cho‘zishdan iborat.

Kompaniya saytida qayd etilishicha, bunday amaliyot so‘nggi operatsion tizim yordamida iPhone 6, iPhone 6S, iPhone SE kabi modellarda tatbiq etilgan. Shu bilan birga, bunday texnologiya iOS 11.2 orqali iPhone 7 modeli uchun ham joriy qilingan bo‘lgan. Va, albatta, foydalanuvchilar bungacha bundan bexabar bo‘lishgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!