iPhone X muammolaridan jabr tortgan faqatgina Apple emas...

  •   DiMaX
  •  1414
  •  16.11.2017 10:21

iPhone X muammolaridan jabr tortgan faqatgina Apple emas...

Apple’ning so‘nggi flagmanidagi uchrayotgan xatoliklar nafaqat kupertinolik gigantning o‘ziga, balki uning hamkorlariga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu haqda Bloomberg nashri xabar bergan.

Jumladan, ko‘proq Foxconn nomi bilan mashhur bo‘lgan Hon Hai Precision Industry o‘z daromadining keyingi o‘n yil ichidagi eng katta pasayishi kuzatilganini ma’lum qilgan. Bu moliyaviy zarar kupertinolik gigantning iPhone X flagmani ishlab chiqarilishidagi yetishmovchiliklar bilan bog‘liq.

O‘QING: iPhone X foydalanuvchilari allaqachon nuqsonlardan shikoyat qila boshlashdi

Hon Hai Precision Industry hisobotiga ko‘ra, joriy yilning uchinchi choragida uning daromadi 696 million dollargacha tushgan. O‘tgan yilning shu davridagi 1,09 milliard dollar miqdoridagi daromadga solishtirsak, Foxconn foydasi 39 foizga pasayib ketganiga guvoh bo‘lamiz. Bu – 2008 yilning so‘nggi choragidan beri kompaniya daromadining eng yirik pasayishidir.

Ma’lumki, Foxconn – «yubiley ayfoni»ning yagona yig‘uvchisidir. Tayvanlik bu kompaniya biznesining yarmidan ko‘pi aynan Apple bilan bog‘liq. Mazkur flagmanning butlovchi qismlari yetishmasligi sababli, kompaniya daromadning saqlanishi uchun yetarli miqdorda iPhone X yig‘a olmagan. Asosiy muammolar OLED-displey yetishmovchiligi hamda Face ID modullarini tayyorlashning texnik jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan.

O‘QING: Apple ilk partiyada rekord miqdorda kam iPhone X jo‘natdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!