iPhone X nega "xaridorgir smartfonlar taxti"dan ag‘darildi?

iPhone X nega

Apple flagmanining dorilamon kunlari o‘tgan ko‘rinadi. Ana endi iPhone X smartfoni o‘z o‘rnini Galaxy S9+ modeliga bo‘shatib berdi. 2018 yilning bahorida sotuvga chiqarilgan yangi "qirol" ayni paytda butun jahonda ko‘p va xo‘p sotilmoqda. Bu to‘g‘rida Counterpoint Research marketing tadqiqotlari kompaniyasi ma’lum qilgan. Tadqiqotlar shu yilning aprel oyiga taalluqli.

Ekspertlarning fikrlariga ko‘ra, bu smartfon bozoridagi tabiiy hodisa. iPhone X so‘nggi olti oydirki, juda jadal sur’atda sotildi. U bir necha chorak davomida Apple korporatsiyasining eng yaxshi sotilayotgan devaysi bo‘ldi. Misol uchun, birgina joriy yil aprel oyining o‘zida iPhone X jahon smartfon bozorida sotilgan barcha smartfonlarning 2,3% ini tashkil qilgan. Uning qimmat model ekani hisobga olinsa, bu -- yomon natija emas.

Uning afzalliklari ko‘p. Misol uchun, ekranning jozibadorligi, kuchli old kamera. Foydalanuvchining virtual qiyofasini tayyorlaydigan ANIMOJI texnologiyasi smartfon sanoati uchun yangilik, ko‘pchilik uchun qiziqarli. Ekranning romsizligi evaziga kattalashishi 5.8 dyuymli smartfonning ixcham bo‘lishiga xizmat qiladi. FACE ID hozircha shubhali bo‘lsa ham, biroq kelajak texnologiyasi.

O‘qing: iPhone X: buni o‘qimay turib, xarid qilmang!

iPhone 8 Plus modeli esa "akasi"dan keyingi o‘rinni egallagan. Uning butun dunyoda sotilgan jami smartfonlar orasidagi ulushi 2,3%. Undan keyingi, ya’ni to‘rtinchi o‘rinda esa iPhone 8 modeli turibdi. Bu smartfon jami sotilgan mobil telefonlarning 2,2% ini tashkil qiladi. Shunga qaramasdan, Apple korporatsiyasining 2017 yilga mansub mazkur uchta telefonlari yaxshi sotilishda Galaxy S9+ hamda S9 modellaridan orqada qoladi. Koreyalik devayslarning jahon smartfon bozoridagi ulushlari 2,6% ni tashkil qiladi.

Apple smartfonlarining savdosining tushib ketishi kompaniya xatosi bilan bog‘liq emas. Buning bosh sababi. smartfonlarning mavsumiyligi: yangi flagman taqdim qilinishi bilan foydalanuvchilar avvalgi kuchli devayslarni unutib qo‘yadilar. Galaxy S9 o‘zidagi kuchli kamera texnologiyasi, yanada yorqin ekrani va dizayni bilan diqqatga sazovor. Narxi ham nisbatan arzon. Shunga qaramasdan, Apple mahsulotlari eng ko‘p sotilayotgan kompaniya sifatida qolmoqda. Uning naq 5 ta devaysi ayni paytda jahon bo‘ylab yaxshi sotilmoqda.

O‘qing: Galaxy S9/S9+ : superflagmanlarning siri!

Biroq Samsung korporatsiyasining yetakchilik o‘rni xavf ostida turibdi. Shu kunlarda uning ayrim smartfonlarida yana akkumulyachtor bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmoqda. Jumladan. ayrim davlatlarda Samsung smartfonlarining portlashi kuzatilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.