iPhone X'ni yig‘ishda o‘quvchilardan foydalanilgan

iPhone X'ni yig‘ishda o‘quvchilardan foydalanilgan

Apple korporatsiyasi iPhone X smartfonini yig‘ishda maktab o‘quvchilarining mehnatidan foydalanganlikda ayblanmoqda. Bu to‘g‘rida Financial Times (FT) 21 noyabrda Chjenchjoudagi maktab o‘quvchilariga asoslanib xabar tarqatmoqda.

17 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan 6 nafar o‘smirlar o‘zlari va yana 3 ming nafar tengdoshlari bilan shu yilning sentyabrida Apple'ning tayvanlik pudratchisi bo‘lgan Hon Hai Precision Industry (Foxconn) zavodida har kuni 11 soatdan mehnat qilishgani haqida ma’lum qilishgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, 3 oy davom etgan ish o‘quvchilar o‘rtasida "mehnat amaliyoti" deb targ‘ib qilingan.

«Bizni u yerga maktabimiz yuborgan», — deydi o‘quvchilardan biri. «Bu yerdagi ishning o‘qishimiz bilan biror bog‘liqligi yo‘q edi. Meni o‘zim bir kunda 1.2 ming dona iPhone X kamerasini yig‘ib berganman».

Apple va Foxconn zavodda maktab o‘quvchilarining ishlashganini tan olib, bu tadbir ko‘ngilli ravishda amalga oshirilganini ma’lum qilishgan. Kompaniya bu o‘quvchilarga imtiyoz va kompensatsiya to‘lanishini ham aytgan. Hududiy ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, bu mehnat o‘quvchilarning mehnatga layoqatini oshiradi. Hozircha Xitoy hukumati bu borada biror munosabat bildirmagan.

Foxconn zavodida ish ayni qizigan va hozirda bu yerda 300 mingdan ziyod odam mehnat qilmoqda. Bu mehnat kuchi bilan kuniga 20 ming dona smartfon chiqarishga erishilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.