iPhone X'ning ilk partiyasi qanchada sotib tugatildi?

iPhone X'ning ilk partiyasi qanchada sotib tugatildi?

iPhone X, TechCrunch nashriga ko‘ra Apple’ning shu vaqtga qadar yaratilgan eng yaxshi iPhone flagmaniga avvaldan buyurtma berish bugun start oldi.

Rossiyada iPhone X'ning ilk partiyasiga 3 daqiqa ichida buyurtma olib bo‘lindi. Tahlillarga ko‘ra, jahonning boshqa smartfon bozorlarida ham xuddi shunday vaziyat kuzatilgan.

Smartfonning ilk partiyasini rasmiylashtirgan xaridorlarga ayfonning 2-3 hafta ichida yetkazilishi ma’lum qilingan. Xaridorlar 3 - 7 noyabr kunlari smartfonlarini kelib olib ketishlari mumkin bo‘ladi. Ayni paytda esa ikkinchi partiya uchun buyurtmani rasmiylashtirish mumkin. Bunda iPhone X 4–5 hafta ichida xaridorga yetib keladi.

Old panelni to‘liq egallab olgan 5,8 dyuymli ekranga ega "inqilobiy" devays jahonning 55 mamlakatida bu smartfonga oldindan buyurtma berganlar flagmanni 3 noyabrdan boshlab xarid qilishlari mumkin.

Smartfonning eng arzoni $1,000 dollardan boshlab sotilmoqda. Xalqaro smartfon bozorlaridagi narx bundan ham qimmat. Misol uchun, iPhone X’ning qimmatligi bo‘yicha birinchi o‘rinda Rossiya turibdi — bu yerda ushbu telefon 1390 dollarga sotilmoqda. Undan keyingi pog‘onalarni Yevropa Ittifoqi (1376) va Birlashgan Qirollik (1338) egalladi.

Keltirilgan o‘nlikning oxirgi pillapoyasini Yaponiya band etdi — bu yerda iPhone X 1018 dollarga sotilmoqda.

Shuningdek, Meksika (1325), Xitoy (1279), Avstraliya (1259), BAA (1115), Gonkong (1099), Kanada (1080) va AQShning ba’zi hudularida (1063) ham ayfon narxlari turlicha bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu galgi ayfon flagmani partiyasidan o‘rin olgan smartfonlar soni juda kam. Misol uchun, Apple uchun yirik bozor hisoblangan Niderlandiya va Birlashgan Arab Amirliklariga yuborilgan birinchi partiyada bor-yo‘g‘i 46 ming dona iPhone X bo‘lgan.

iPhone X flagmanidagi o‘ziga xos innovatsiyalar bilan tanishing:
Apple saytida iPhone X'ning 6 muhim jihati e’lon qilindi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!