iPhone X'ning «kushandasi» undan 7 barobar arzon bahoda sotiladi

iPhone X'ning «kushandasi» undan 7 barobar arzon bahoda sotiladi

Shu kunlarda iPhone X flagmaniga taqlid qiluvchi «nusxa»lar soni ko‘payib ketdi. Ayniqsa, yosh kompaniyalar nom qozonish uchun avvaliga havas yo‘lidan borishni ma’ul ko‘rishmoqda. Bir oz taniqli Leagoo kompaniyasi ana shunday smartfonlardan birini taqdim qildi.

12 dekabrda Gonkongda o‘tkazilgan matbuot anjumanida iPhone X «kushandasi» sifatida Leagoo S9 taqdim qilindi. U tashqi ko‘rinishidan Apple smartfoniga o‘xshab ketadi.

Leagoo S9 displeyining quyisida hayhotdek maydon bor, iPhone X'da esa bu hudud to‘liq ekranli. Biroq, old panelning yuqori qismidagi o‘yiq saqlab qolingan.

Leagoo S9 devaysi 5,8 dyuymli, tomonlar nisbati 19,5:9 standartida bo‘lgan ekran bilan ta’minlangan. Ekran sig‘imi HD. Gadjetning korpusi metall hamda shisha uyg‘unligida ishlangan.

Smartfon bosh kamerasi qo‘sh modulli. Tashqi ko‘rinish Apple iPhone X bilan bir xil, faqat orqa panelda barmoq izi skaneri o‘rnatilgan.

Leagoo S9'ni ilg‘or USB Type-C orqali quvvatlash mumkin. Shuningdek, old kamerada ham qo‘sh sensor o‘rnatilgan. Bu esa orqa fonni g‘ira-shira qilib suratlar olish mumkin. Bu esa Leagoo S9'ning o‘ziga xosligini ta’minlaydi.

Gadjetning dekabr oxiriga qadar $189 dollardan sotuvga chiqarilishi xabar qilinmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!