iPhone X reklamasiga Muhammad Ali ham jalb etildi

  •   DiMaX
  •  1388
  •  24.01.2018 11:24

iPhone X reklamasiga Muhammad Ali ham jalb etildi

Apple kompaniyasi vaqti-vaqti bilan o‘z reklamalarida mashhur shaxslar obrazlaridan foydalanib turadi. Think Different kampaniyasini hisobga olmaganda, bu kabi hollarda hali hayot bo‘lgan mashhurlar qiyofalari qo‘llanadi.

O‘QING: Apple "olmasi" nega "tishlangan"ini ko‘pchilik bilmaydi

Biroq o‘zining yubiley ayfonining targ‘ibotida kompaniya yana marhumlar ko‘magiga tayandi va buyuk bokschi Muhammad Ali obraziga murojaat etdi.

Apple e’lon qilgan yangi videoroligida iPhone X’ning selfi olish funksiyasini reklama qilgan. Bu videolavha smartfonning old kamerasida suratga olishda yoritishning qanday effektlaridan foydalanish mumkinligini namoyish etishga qaratilgan.

Mana, videolavhani tomosha qilamiz:

Payqaganingizdek, orqa planda bokschining «Men ikki karra eng buyuk bo‘ldim» deb nomlangan nutqidan olingan parcha yangraydi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, bu bilan «Kishi iPhone X orqali selfi olsa, o‘zini buyuk his etadi», degan fikr ilgari surilgan.

O‘QING: Qoyilmaqom iPhone XI’ni tomosha qilamiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!