iPhone X va Galaxy Note 8’ni yenguvchi «amfibiya» smartfon – 160 dollarga! (+video)

  •   DiMaX
  •  5022
  •  28.09.2017 11:31

iPhone X va Galaxy Note 8’ni yenguvchi «amfibiya» smartfon – 160 dollarga! (+video)

Bilamizki, Apple’ning «yubiley ayfoni» IP67 standartiga ko‘ra suvdan himoyalangan – bir metrgacha chuqurlikdagi suv tubida yarim soat qolsayam ishlayveradi. Uning asosiy raqibi – Samsung’ning Galaxy Note 8 modeli esa IP68 standartiga ko‘ra muhofazaga ega, ya’ni, bir yarim metrlik suv ostida yarim soat «jon saqlay» oladi. Ammo xitoyliklar bu borada ularning har ikkalasidan ham ustun – suvdan himoyalanish bo‘yicha IP69 standartiga mos «amfibiya» smartfon ishlab chiqarishganidan xabaringiz bormi?

Mazkur qurilma NOMU S10 Pro deb ataladi va u suvdan himoyalanish bo‘yicha yetakchilikka bemalol da’vo qilsa bo‘ladi. Ushbu smartfon ikki metrlik suv tubida naq bir soat «tirik qola» oladi! Bu esa elektron qurilmalar uchun suv o‘tkazmaslikning hozirgi eng yuqori darajasi hisoblanadi.

Bu haqda ishlab chiqaruvchining o‘zi YouTube-kanalida e’lon qilgan quyidagi videolavhani o‘zingiz ko‘ring-da:

NOMU S10 Pro «amfibiya» smartfonining boshqa xususiyatlari ham e’tiborga loyiq. Mana ulardan asosiylari:

  • Operatsion tizim: Android 7.0;
  • Akkumulyator: 5000 mA/soat;
  • Xotira: 3 GB tezkor xotira + 32 GB doimiy xotira;
  • Protsessor: 1,5 GGs chastotada ishlovchi, 64 bitli, 4 yadroli MT6737t;
  • Kamera: asosiysi – 8 Mp, old kamera – 5 Mp;
  • Ekran: Corning Gorilla Glass 3 bilan himoyalangan 5.0 dyuymli HD-displey;
  • Materiali: Germany Bayer yumshoq rezinasi;
  • Quvvatlash qurilmasi: 9V/2A Quick charge/ OTG;
  • Uyali aloqa: ikkita SIM-karta, GSM/WCDMA/LTE;
  • Qo‘shimcha: GPS/AGPS + GLONASS;
  • O‘lchamlari: 145.4 * 10.3 * 75mm.

Mazkur devaysning boshqa xususiyatlari bilan uning maxsus sahifasida batafsil tanishib chiqishingiz mumkin. Shunchalik himoyasi va yuqori xususiyatlari bilan uning narxi atigi 159.99 AQSh dollari ekaniga nima deysiz!?

Agarda NOMU S10 Pro «amfibiya» smartfoni sizga yoqib qolgan bo‘lsa, uni xarid qilish uchun ushbu havola orqali AliExpress onlayn-do‘koniga o‘tib, buyurtma bersangiz bo‘ladi. Onlayn xarid borasida yetarlicha tajribaga ega bo‘lmasangiz, mana bu maqolamiz bilan tanishib chiqishingizni tavsiya etamiz.

Mazkur qurilmani biz orqali sotib olish uchun esa  +998-97-773-44-12 telefon raqami orqali bizning menejerimiz bilan bog‘laning. Iltimos, murojaat etganingizda, saytda berilgan ma’lumotlarni qaytadan so‘rab ovora qilmang, o‘zingizning va o‘zgalarning vaqtini qadrlang.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!