iPhone7 uchun marmardan korpus tayyorlanadi

iPhone7 uchun marmardan korpus tayyorlanadi

Caviar nomli zargarlik brendi iPhone7 uchun kompozitli marmardan korpus tayyorlaydi. Sankt-Peterburgdagi marmardan ishlangan saroy Caviar mutaxassislarini bunda ilhomlantirgan.

Avvalroq Caviar dizaynerlari smartfon korpuslarini tayyorlash uchun oltin, titan, teri va qimmatbaho toshlardan foydalanishgan. Biroq marmar korpus materiali sifatida ilk marotaba ishlatilmoqda.

Marmar korpusni yaratishda 750-probadagi oltindan ham foydalaniladi. Yirik barelef texnikasi yordamida metalldan Rossiya gerbi ishlanib, u korpusning orqa tarafiga joylashtiriladi. Gravyura o‘rta asr rus kalligrafiyasi uslubida yaratilgan.

download (1) download (1) download (2) download (3) download

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!