Ixcham Sony DSC-HX350 kamerasiga 50 karrali zumga ega ob’yektiv o‘rnatilgan

Ixcham Sony DSC-HX350 kamerasiga 50 karrali zumga ega ob’yektiv o‘rnatilgan

Sony kompaniyasiga tegishli fotokameralar qatoriga Sony DSC-HX350 nomli yangi model qo‘shildi, deb yozmoqda IXBT nashri. Unda teskari yoritish funksiyasiga ega bo‘lgan Exmor R CMOS tasvir sensoridan foydalaniladi. Sensorning formati – 1/2b3 dyuym (6,17 x 4,55 mm), aniqlik formati — 20,4 Mp. Sensor diafragmasi  F/2,8-6,3 bo‘lgan Zeiss Vario-Sonnar T* ob’yektivi bilan birgalikda ishlaydi.

Videoni Full HD (1920 x 1080 piksel) formatida 60 k/s tezligida yozish mumkin.

Kamera optik stabilizator, chaqnoq, elektron vidoiskatel va uch dyuymli displey bilan jihozlangan.

Bir marta to‘liq zaryadlab, kamerada 300 tagacha rasm olsa bo‘ladi. Gadjetning og‘irligi – 652 gramm.

Sony DSC-HX350 kamerasining narxi hozircha ma’lum emas. Sotuvi yanvar oyida boshlanadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!