Janubiy Koreyaga ishlashga borish uchun onlayn anketa to‘ldirish 29 martda ham davom etadi

Janubiy Koreyaga ishlashga borish uchun onlayn anketa to‘ldirish 29 martda ham davom etadi

Janubiy Koreyaga borib qonuniy tarzda ishlashni istovchi o‘zbekistonlik fuqarolarga bu jarayonda yengillik tug‘dirish maqsadida, anketalarni onlayn to‘ldirish imkoniyati taqdim etilgan.

Shu kunlarda O‘zbekiston fuqarolari mazkur sayt orqali (test-migration.uz) anketa to‘ldirish jarayonlarini boshlab yuborishgan. Ammo mazkur sayt texnik sabablarga ko‘ra ishlamay qolgan. Katta ehtimol bilan bunga foydalanuvchilarning ko‘pligi sabab bo‘lgan.

Kun.uz saytida yozilishicha, mazkur sayt 29 mart kuni ertalab soat 9dan kechki 18ga qadar o‘z faoliyatini odatiy tartibda davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz: Testlarda qatnashish istagida bo‘lgan fuqarolarga Koreya inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan quyidagi talablar qo‘yilgan:

– fuqaroning yoshi 18 dan 39 gacha bo‘lishi kerak;
– jinoiy javobgarlikka tortilmagan bo‘lishi lozim;
– Koreya Respublikasidan deport qilinmagan yoki Koreya Respublikasiga kirish taqiqlanmagan bo‘lishi;
– O‘zbekiston Respublikasidan xorijga chiqishi taqiqlanmagan bo‘lishi;
– Ko‘rish qobiliyati past bo‘lmagan va rang ajrata olishlari mumkin bo‘lgan;
– Jismoniy mehnatga yaroqli bo‘lishlari zarur.

Ushbu talablarga mos kelgan fuqarolar test jarayonlarida ishtirok etishlari mumkin. Yana alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, test sinovlaridan o‘tish uchun koreys tilini, albatta, bilish shart.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.