Kameralar jangi: LG G6 devaysi iPhone 7 Plus’ga qarshi

Kameralar jangi: LG G6 devaysi iPhone 7 Plus’ga qarshi

LG G6 va iPhone 7 Plus smartfon bozorining eng kuchli kamera imkoniyatlariga egaligi bilan bir-birlariga munosib raqiblar. Har ikkala devayslar “qo‘sh ko‘z”li, ya’ni bosh kameralari 2 ta ob’yektivdan iborat. Ular tasvirni yaqinlashtirish, keng gradusli surat olish va boshqa kreativ imkoniyatlarga ega.

iPhone 7 Plus 2016 yilda sotuvga chiqarilgan, uning raqibi LG G6 esa keyingi oyda sotuvga chiqariladi. Ammo, kompaniya istisno tariqasida axborot texnologiyalari mutaxassislariga sinab ko‘rish uchun ushbu yangi flagmandan taqdim etgan. Natijada, uni bozorning “eng zo‘rlari” bilan taqqoslash imkoniga egamiz.

LG G6

iPhone 7 PlusLG nafaqat kamera imkoniyatlari keng, shu bilan birga ekran tomonlarining nisbati ham 18:9’gi teng bo‘lgan keng displeyli gadjetni ishlab chiqargan. Quyida LG G6 hamda iPhone 7 Plus kameralarida olingan suratlar o‘rtasidagi solishtiruvga guvoh bo‘ling.

LG G6: odatiy selfi

 

iPhone 7 Plus: odatiy selfi

 

LG G6: keng gradusli selfi

Apple flagmanida 2 ta 12 MP sig‘imli modullardan iborat bosh kamera o‘rnatilgan. iPhone 7 Plus’ning old kamera sig‘imi 7 megapiksel. LG G6’ning qo‘sh kameralarining har biri 13 megapikselli. Uning 5 MP old kamerasi bor.

iPhone 7 Plus: “Portret” rejimi.

Apple odatiga ko‘ra, iPhone 7 Plus’ning kamera ilovasini ham imkon qadar soddalashtirgan. Jumladan, unda “Square” (maydonda suratga olish) hamda ko‘pchilikka manzur bo‘lgan “Portrait” (portret olish) rejimlari surat fonini xiralashtirib olish kabi imkoniyatlarni beradi. Shuningdek, “Panorama” va boshqa rejimlar mavjud.

iPhone 7 Plus: odatiy rejim.

 

iPhone 7 Plus: Zoom — 2 marta yaqinlashtirilgan manzara tasviri.

 

LG G6: keng gradusli rejimda olingan surat.

 

LG G6: odatiy rejim.

LG G6 kamerasining ilovasi imkoniyatlarga boy. Unda portret rejimi bo‘lmasa ham, bosh kamera keng burchak ostida surat olishda tengsiz. “Panorama” va “360 panorama” rejimlari, Apple’niki kabi, sekinlashtirilgan video rejimlari ham mavjud.

LG G6 yordamida suratlarning oq tus balansini belgilash, fokus rejimi, kameraning yorug‘likka ta’sirchanligini oshirish, zatvor tezligini nazorat qilish va boshqa qulayliklardan foydalanish mumkin.

LG’ning “maydon” rejimi Instagram suratlar tarmog‘i uchun tasvir olayotganda olingan suratni ekran ostida namoyish qilib turadi. Surat yoqmagan taqdirda, kameradan chiqib ketmagan holda, manzarani boshqatdan tasvirga olish mumkin. iPhone’dagi “Square” rejimida bu funksiya mavjud emas.

LG G6: keng gradusli surat namunasi. 

iPhone 7 Plus

LG G6’ning old kamerasi ham rejimlarga boy. Misol uchun, keng burchakli surat. Uning yordamida selfilarga ko‘proq odam yoki kengroq manzarani sig‘dirish mumkin. LG G6 va iPhone 7 Plus’da selfi olganda yorug‘lik fotochaqnog‘i mavjud. Bunda selfi tugmasi bosilganida iPhone 7 Plus’ning ekrani to‘liq yorug‘lik manbaasiga aylansa, LG G6 ekranining chekkalaridan yorug‘lik taraladi. LG G6 inson terisini tabiiy va bir oz nafis aks etirish uchun ham qo‘shimcha funksiyalar bilan ta’minlangan.

Har ikkala raqiblarda qo‘sh kamerali modul bo‘lsa ham, ularning ishlash tizimi farq qiladi. Ayniqsa, Apple’ning manzarani 2 karrali yaqinlashtirib suratga olish tizimi e’tiborga molik. LG esa tizimni keng burchakli suratlar olish bilan boyitgan.

LG G6

 

iPhone 7 PlusLG G6 o‘ta yorqin va jozibador displeyga ega. Kaftda oson joylashadigan gadjetning old paneli imkon qadar tasvirga ixtisoslashgan. Shuningdek, DolbyVision HDR texnologiyasi tasvirni rangga to‘yingan, detallarga boy holatda namoyish qiladi.

LG G6 aslida 5.61 dyuymli bo‘lsa ham, yassi uchburchak shaklidagi ekran burchaklari hisobiga uning displeyi 5.7 dyuymga oshadi. Ekran QHD+ sig‘imli. Bu sig‘im hattoki uncha-muncha televizor displeyini ham uyaltira oladi.

LG-G6 

iPhone-7-Plus

Texnologiyalar masalasida o‘tayotgan har bir kun ham ahamiyat kasb etadi. Har kuni yangi bir g‘oya hamda innovatsiyaning tug‘ilishi tabiiy. Garchi, taqdim etilganiga bir yil bo‘lmagan bo‘lsa ham, iPhone 7 Plus rejimlar rang-barangligi, imkoniyatlar, hattoki sifatli suratga olishda bugunning texnologiyasi bo‘lmish LG G6’ga imkoniyatni boy berib qo‘ymoqda. Bu bizning xolis fikrimiz. Ehtimol, sizning fikringizdan farqlidir.