Karton-fotoapparat ishlab chiqarildi

Karton-fotoapparat ishlab chiqarildi

Yaponiyada g‘aroyib kamera yaratildi, u yupqaligidan kartondan yasalganga o‘xshaydi. Ixtirochilar uni “Retro Camera” deb nomlab, yaqin orada 3299 iyen (27 dollar) narxda savdoga chiqarishmoqchi.

Retro kamera qalinligi atigi 6 mm, vazni esa 43 gramm. Ishlab chiqaruvchi ta’kidlashiga qaraganda, qurilma 1280×1024 o‘lchamda rasmga olishdan tashqari audio va video yoza oladi.

Yupqa kameraning microSD kartalari uchun sloti va USB 2.0 porti bor. Bundan tashqari kamera ish rejimini rostlagich va diod chiroqli indikatori mavjud. Hozircha, “Retro Camera” kunchiqar yurtdan tashqariga chiqmadi, ammo yaqin kunlarda boshqa mamlakatlardagi do‘konlarda uchratib qolishingiz mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!