Kasperskiy bepul antivirus chiqardi va boshqa antiviruslarni «ilma-teshik» deb atadi!

  •   DiMaX
  •  2220
  •  26.07.2017 14:14

Kasperskiy bepul antivirus chiqardi va boshqa antiviruslarni «ilma-teshik» deb atadi!

«Kasperskiy laboratoriyasi» kecha – 2017 yilning 25 iyulida, kompaniyaning 20 yillik yubileyiga bag‘ishlab bepul antivirusni chiqardi. Bu haqda Yevgeniy Kasperskiy o‘zining rasmiy blogida e’lon qilgan.

Mazkur antivirus Kaspersky Free deb ataladi va uning xususiyatlari bilan maxsus sahifada tanishish mumkin. Aytish kerakki, ushbu mahsulot antivirusning pulli versiyalari bilan raqobatga kirishmaydi – ularning qo‘shimcha opsiyalari baribir ko‘proq.

Xabarda aytilishicha, bepul antivirusni chiqarishdan maqsad – mazkur bozorda o‘z ulushini oshirish bilan birga, «premial himoyaga puli bo‘lmagan, shu boisdan ilma-teshik mahsulotlarni o‘rnatishga va hatto yopishib oluvchi Microsoft Windows Defender’dan foydalanishga majbur bo‘layotgan» foydalanuvchilarga g‘amxo‘rlik qilishdir.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, «Kaspersky Free o‘rnatishlarining soni oshib boraversa, barcha foydalanuvchilar uchun himoyaning sifati oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi; chunki mashina o‘rganishi texnologiyasi uchun big data bazasi kengayib boradi».

Aytish kerakki, Kaspersky Free dunyoning turli mamlakatlaridagi foydalanuvchilariga bosqichma-bosqich taqdim etiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.