Kasperskiydan bepul antivirus

Kasperskiydan bepul antivirus

“Kasperskiy laboratoriyasi” Kaspersky Free nomli yangi bepul antivirus chiqarilishini ma’lum qildi. Yangi mahsulot Windows’dan uyda foydalanadiganlarga mo‘ljallangan.

Dasturni Kasperskiy saytidan yuklab olish mumkin. Saytda yozilishicha, uni hozircha faqat Rossiya va Ukrainadagi internet foydalanuvchilari ishlatishi mumkin.

Bepul dastur zararli saytlar va viruslardan asraydigan bazaviy funksiyaga ega bo‘ladi, xolos. Bundan tashqari, Kaspersky Free fishingga qarshi kurasha oladi.

Antivirus bazalari real vaqt rejimida bepul yangilanadi.