«Kasperskiy laboratoriyasi» Apple hamda Google’ga qarshi: u endi mobil operatsion tizim ham yaratyapti!

  •   DiMaX
  •  978
  •  05.03.2019 16:17

«Kasperskiy laboratoriyasi» Apple hamda Google’ga qarshi: u endi mobil operatsion tizim ham yaratyapti!

RNS nashri xabariga ko‘ra, «Kasperskiy laboratoriyasi» smartfon va planshetlar uchun o‘zining operatsion tizimi ustida ishlamoqda. Taxminlarga ko‘ra, mazkur dasturiy ta’minot davlat tuzilmalari va yirik kompaniyalarga, shuningdek, o‘z ma’lumotlari xavfsizligini qayg‘uradigan oddiy foydalanuvchilarga mo‘ljallangan.

O‘QING: Kasperskiy bepul antivirus chiqardi va boshqa antiviruslarni «ilma-teshik» deb atadi!

Yangi operatsion tizim avvalroq «buyumlar interneti» hamda avtomobil tizimlari uchun taqdim etilgan KasperskyOS platformasi bazasida ishlab chiqilmoqda. Laboratoriya allaqachon uning prototipini tayyorlagan, reliz versiyasi shu yilning oxirida chiqarilishi ham mumkin.

KasperskyOS’ning smartfonlarga mo‘ljallangan versiyasi Android hamda iOS tizimlari bilan raqobatga kirishadi. Bundan tashqari, u rossiyaliklarning «Avrora» – avval Sailfish Mobile OS Rus nomi bilan ro‘yxatga olingan yagona operatsion tizimiga ham raqib bo‘ladi.

O‘QING: Rus xakerlari «Kasperskiy» yordamida AQSh Milliy xavfsizlik agentligiga hujum qilishgan

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!