Keyingi iPhone’ning nomi va narxi ma’lum qilindi

Keyingi iPhone’ning nomi va narxi ma’lum qilindi

Navbatdagi iPhone apparati Apple kompaniyasining 10 yillik yubileyi munosabati bilan taqdim etiladi va gadjet bugunga qadar “Olmachi kompaniya” tomonidan chiqarilgan telefonlar orasida “eng qimmati” bo‘ladi.
Yangi ayfonning $1000 dollardan sotuvga chiqarilishi to‘g‘risida Fast Company onlayn jurnali kompaniyadagi manbaasiga asoslanib xabar tarqatmoqda.
Ayni paytda 256 gigabayt qo‘shimcha xotiraga ega iPhone 7 Plus eng qimmat ayfon bo‘lib, u xalqaro bozorda $969 dollardan sotilmoqda. O‘z navbatida, kelajak “iPhone”ining yanada takomillashgan bo‘lishi kutilmoqda.
Jumladan, yangi afon devaysi ayni paytda ommalashgan OLED displeyga, shuningdek yanada katta xotira sig‘imi hamda kattaroq quvvat sig‘imli “quvvat toshi” bilan ta’min qilinadi.
5,8 dyuym ekranga ega bo‘ladigan iPhone qanday nomlanishi borasida bahslar mavjud. Ayfonlarning an’anaviy nomlanishi davom etsa, navbatdagi smartfon indeksi “iPhone 7s” deb nomlanishi zarur. Kompaniyadagi manbaaning ma’lum qilishicha, Apple ayni kunda keyingi “aqlli telefon”ini “iPhone 8” yoki yanada hashamdor qilib, “iPhone X” deb nomlamoqchi.
5,8 dyuymli yangi ayfon bilan birga, ayfonning 4,7 dyuymli modeli, taxminlarga ko‘ra, iPhone 7s hamda 5,5 dyuymli iPhone 7s Plus smartfonlari ham taqdim qilinadi. Bu ikkala smartfton ham klassik suyuq kristalli displeylar bilan ta’minlanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 5,8 va 4,7 dyuymli gadjetlar 2 linzali kameralarga ega bo‘lishadi. iPhone 8 (iPhone X)’ning orqa paneli to‘liq shishadan tayyorlanadi. Natijada, yangi ayfon to‘liq shisha korpusga ega bo‘ladi.
Apple ayni kunda ayfon apparatini imkon qadar moddiy tugmalardan xoli qilish bo‘yicha izlanishlar olib bormoqda. Shunga ko‘ra, “eng qimmat ayfon” sezgir, virtual tugmalarga ega bo‘ladi.
Yangi iPhone uchun protsessorlarni Intel va Qualcomm kompaniyalari yetkazib berishadi. Shu bilan birga, Apple lazer nuri texnologiyasi bo‘yicha jahonda yetakchi Lumentum kompaniyasi bilan ham hamkorlik qilmoqda. Demak, istqibolda yangi iPhone apparatida “3D texnologiyasi” ham joriy qilinadi. Ushbu texnologiyadan apparat tizimida shaxsni tasdiqlashda ham foydalanilishi mumkin.
Hozircha taqdimotning aniq kuni ma’lum emas. Apple 2018 yilning boshida 100 ming dona yangi smartfonni sinovli ravishda foydalanishga chiqarishni reja qilgan. An’anaviy ravishda, nufuzli yubiley tadbirining may oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!