“Kelajak smartfoni”ga xos mo‘’jizaviy jihatlar

“Kelajak smartfoni”ga xos mo‘’jizaviy jihatlar

Ma’lumot va almashish texnologiyalari soni shu qadar ko‘payib ketdiki, kezi kelganda qaysi biridan foydalanishni o‘ylab ham qolasan kishi. Smartfon esa bu innovatsiyalarning yagona platformasiga aylanib bormoqda.

Smartfon insoniyat hayotiga kirib kelgan so‘nggi 10 yillikda ko‘p narsa o‘zgardi – bu insonlar fe’l-atvoridan tortib, texnikaning turmush tarzimizdagi o‘rnigacha bo‘lgan o‘zgarishlar.

LG’ning joriy yilda taqdim qilgan so‘nggi G5 flagmanidan keyin foydalanuvchilar smartfonlar endi aloqa almashilinuvchi shunchaki elektron devayslardan ham ustunroq vositaga aylanib borayotganini his qilishdi.

Ikki bosh kamera, smartfonga ulash orqali foydalaniladigan qo‘shimcha aksessuarlar, virtual voqelik dubulg‘asi, 360 darajada suratga oluvchi kamera misoli mo‘’jizadek.

Suv o‘tkazmaydigan korpusga ega, sifatli kamera va uzoq muddatga yetadigan quvvat manbaiga ega Samsung Galaxy S7, tezkor namoyish va faoliyat ko‘rsata oladigan iPhone 6S ham SE smartfonlarida tatbiq qilingan texnologiyalar ham smartfonlar kelajagi to‘g‘risidagi tasavvurlarimizni yorqinlashtiradi.

Innovatsion texnologiyalarning bosh ildizi sifatida smartfon taraqqiyoti bevosita dasturiy programmalarning rivojiga ham xizmat qiladi.

Ajraluvchi qismlardan iborat smartfon

Kelajak smartfonlari tuslanuvchi jihatga ega bo‘ladi. Ya’ni, foydalanuvchi unda o‘zining xohishidan kelib chiqib, maxsus kameralarni o‘rnatishi, uni qo‘shimcha aksessuarlar bilan kuchaytirishi mumkin bo‘ladi.

G5 smartfonining quyi qismi unga qo‘shimcha qismlarni ulashga mo‘ljallangan. LG bu qo‘shimcha detallarni “Do‘stlar” deb atadi. Misol uchun, smartfonga yuqori sifatli surat olishda ko‘maklashadigan, tasvirni yaqinlashtiradigan va qo‘shimcha quvvatga ega ajraluvchi kamerani 70 AQSh dollariga sotib olish mumkin.

Kelajakda shu sababli smartfonlarni har yil almashtirishga hojat qolmaydi. Ularning muhim detallarini almashtirib borish kifoya qiladi.

камера

Multikamerali smartfonlar

Qo‘sh kamerali smartfon bizga qanchalik oddiy hol bo‘lib ko‘ringan bo‘lsa, kelajakda “ko‘p ko‘zli” gadjetlarni ham shunchalar oson qabul qilamiz. Ko‘p kamerali smartfonlarning afzal jihati shundaki, ularda asl ranglar jilosi saqlanib qoladi, yorug‘lik past joyda ham ravshan surat olish mumkin bo‘ladi, shuningdek ular yordamida telefon bo‘rtma ko‘rinishdagi 3-D tasvirlar oladi.

G5 smartfoni bu borada hali kelajakning ibtidosidir. Uning maxsus kamerasi manzaraning inson ko‘zi ko‘ra oladigan darajadan ham kengroq ko‘ra oladi. Shu bilan birga, Samsung Galaxy S7’ning yorug‘lik past joyda ham aniq-tiniq surat olishi ham muhim texnologik yuksalish bo‘ldi.

Multikamera texnologiyasi Huawei tomonidan takomillashtirilmoqda. Jumladan, yaqinda taqdim qilingan P9 dunyoning eng yaxshi surat oluvchi smarftoni nomiga da’vogarlik qilmoqda. Apple ham ayfonlarida ko‘p kamerali tizimni sinovdan o‘tkazmoqda.

Ikki ob’yektivli smarfton 3 o‘lchamli tavir olish imkonini beradi. Google’ning Tango loyihasi esa xona va biror manzaraning 3-D xaritasini chizishga yordam beradi. Bu texnologiya ham vaqti kelib smarfton platformasi uchun takomillashtirilishi kutilmoqda.

Kelajak smartfonlarida 6 tadan 8 tagacha kameralar bo‘ladi. Ya’ni, bunday smartfonlar professional DSLR kameralari kabi suratga olish imkoniga ega bo‘lishadi.

gologramm tasvir

Gologramm-tasvirli telefon

3-D tasvirlar yoki 360 darajadagi suratlar kelajak telefonlarining kichik bir jihati. Ularning 3-D gologramm texnologiyasiga xizmat qiladigan displeyidan hattoki virtual voqelik ekrani sifatida fodalanish, ekrandan taralib turgan gollogram nurli texnologiya yordamida tarix bo‘ylab yoki tabiat qo‘ynida sayr qilish mumkin.

Bu texnologiyada boshga dubulg‘a yoki maxsus shlem kiyish ham shartmas. Tasvir go‘yoki smartfon ichidan chiqib kelgandek, tashqarida gologramma nurlari yordamida namoyon bo‘ladi. Yoki olisdagi ota-onangiz bilan yonlarida o‘tirgandek suhbat qurasiz.

To‘g‘ri, Samsung va LG kompaniyalari shunga yaqin texnologiyani rivojlantirishmoqda. Yirik protsessor ishlab chiqaruvchisi Qualcomm ham smartfon foydalanuvchilariga virtual hordiq bera oladigan chip ustida bosh qotirmoqda.

Bunday gologramm-tasvirni shunchaki tomosha qilmaysiz. Undagi detallarga barmoqlar bilan tegib, aloqaga kirishish mumkin bo‘ladi.

Tasavvur qiling, 3-D o‘lchamli nurlar yordamida o‘z suratingiz ekrandan tashqarida namoyon bo‘lsa. Mazkur texnologiyani televizor qurilmasida ham joriy qilish rejalashtirilgan. Bu avvaliga oq-qora, keyin rangli televizor tasviridan keyingi navbatdagi televizion texno-yangilik bo‘ladi.

Buni juda uzoq kutish shart emas. Mutaxassislarning aytishicha, texnologiya 2017 yilning so‘ngidan keng tatbiq qilina boshlaydi.

Tuganmas quvvatli akkumulyator

Kelajakning eng qoyilmaqom texnologiyasi hozir sizning uchun eng katta muammo bo‘lgan smartfon quvvatiga yechim topadi. Yo‘q, shoshmang, sizga tushlik idishidek keladigan “g‘isht” akkumulyator berib yoki LG G5 kabi qo‘shimcha detallarning quvvat toshi orqali emas, albatta.

Kelajak akkumulyatori simsiz quvvat olish tizimiga asoslanadi. Bu bugun taqdim qilinayotgan quvvatlantirish dok-stansiyalari yordamida amalga oshirilmaydi.

Kelajakda Wi-Fi zonasiga o‘xshash maxsus quvvatlantirish hududlari tashkil etiladi. Smartfon quvvati tugash arafasida shunday hududga borsangiz, smartfon o‘z-o‘zini avtomatik ravishda “oziqlantiradi”.

Bugun Ossia hamda Energous kabi kompaniyalar ana shu texnologiyani rivojlantirish bilan bandlar. Hatto buning sinov tajribalari ham o‘tkazilgan. Ma’lum qilinishcha, bu qulaylik 2018 yildan tatbiq qilinadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!