Kelasi yili 6,5 dyuymlik iPhone X Plus chiqadi

  •   DiMaX
  •  1106
  •  14.11.2017 12:40

Kelasi yili 6,5 dyuymlik iPhone X Plus chiqadi

KGI Securities kompaniyasi vakili, tahlilchi Ming-Chi Kuo (Ming-Chi Kuo) ishlab chiqaruvchilar bilan aloqalari tufayli tanilgan. U Apple’ning kelgusi yil chiqarishni rejalashtirgan smartfonlariga doir ayrim ma’lumotlarni aytdi, deb yozadi MacRumors nashri.

O‘QING: iPhone X foydalanuvchilari allaqachon nuqsonlardan shikoyat qila boshlashdi

Tahlilchining fikriga ko‘ra, 2018 yili Apple korporatsiyasi uchta yangi smartfon chiqarmoqchi. Bu turkumga ekranining diagonali 5,8 va 6,5 dyuym bo‘lgan OLED-displeyli hamda 6,1 dyuymlik LCD-displeyli modellar kiradi.

Xabarga ko‘ra, bularning uchalasi ham, xuddi hozirgi flagman iPhone X kabi, old panelni deyarli butkul egallagan romsiz displeyga hamda TrueDepth kameralar tizimiga ega bo‘ladi.

LCD-ekranli 6,1 dyuymlik yangi smartfon «yubiley ayfoni»ning birmuncha soddalashtirilgan versiyasi bo‘lishi aytilmoqda. U kelgusi yilda chiqariladigan yangi modellar orasida eng arzoni – narxi 649 dan 749 dollargacha bo‘lishi taxmin qilinayotir.

OLED-displeyli ikkita smartfon esa iPhone X’ning bevosita «avlod»lari hisoblanib, xususiyatlari yanada kuchaytirilgan bo‘ladi, demoqda tahlilchi. Balki 6,5 dyuymlik modeli iPhone X Plus deb atalishi ham mumkin.

O‘QING: 2018 yili iPhone X’ga o‘xshash iPad chiqadi: Face ID bor, «Home» tugmachasi yo‘q!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!