KFC internetni bloklaydigan palatka sota boshladi

KFC internetni bloklaydigan palatka sota boshladi

Tezkor ovqatlar tarmog‘i bo‘lgan KFC restorani "internetdan qochish"ga yordamlashuvchi palatka ishlab chiqarmoqda. Uning mazali tovuqli taomlar bilan bog‘liqligi haqida biror ma’lumot mavjud emas. Biroq, bu o‘tovchaning ichiga kirsangiz, internetdan uzilib qolasiz. Boisi, ichkarida internet aloqasi avtomatik ravishda bloklanadi.

Palatka ko‘rinishidan eskimoslarning o‘tovlarini eslatib yuboradi. Uning asosi po‘latdan tayyorlangan bo‘lib, ustiga kulrang tusidagi material tortilgan. Palatka tepasida esa KFC asoschisi, polkovnik Sandersning ulkan qiyofasi mavjud. Hammasidan ham ko‘ra tovuq oyog‘i shaklida ishlangan eshik dastagi qiziqroq bo‘lsa kerak.

Antiinternet-palatkaning bahosi tovuqdan ancha qimmat -- 10 ming dollar. Uni kompaniyaning internet-do‘konlaridan xarid qilish mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!