Kolleksion Leica M-P grip 15 ming dollarga baholandi

Kolleksion Leica M-P grip 15 ming dollarga baholandi

Leice Camera kompaniyasi Leica M-P kamerasining maxsus kolleksion versiyasini ishlab chiqdi. Yangi versiyaning dizayni rassom va fotograf Rolf Saks bilan hamkorlikda yaratilgan.

Leica M-P grip komplektiga kamera hamda Leica Summilux-M 35 mm f/1.4 ASPH ob’yektivi kiradi. Maxsus modelning jami 79 ta nusxasi sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. Kameraga shu yilning noyabr oyidan boshlab buyurtma berish mumkin bo‘ladi.

485017

Kolleksion kameraning dizaynini yaratish jarayonida Rolf Saks qora metall va stol tennisi raketkalarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan qizil rezinali materialdan foydalandi. Korpusning yon tomoniga mashhur rassomning imzosi o‘yib ishlanadi.

Yangi kolleksion kameraning texnik ko‘rsatkichlari Leica M-P modeli bilan bir xil. Leica M-P grip 15 ming dollar narxida sotuvga chiqariladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!