Kompyuter samaradorligiga antivirus qanday ta’sir ko‘rsatadi?

  •   DiMaX
  •  1198
  •  31.01.2018 17:48

Kompyuter samaradorligiga antivirus qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Turli ziyonkor dasturlar – viruslardan himoyalash uchun kompyuterlarimizga antiviruslar o‘rnatib qo‘yamiz. Ammo bu himoyachilarning o‘zlari qurilmaning «oqsab» ishlashiga sabab bo‘lishini bilamizmi?

O‘QING: Rus xakerlari «Kasperskiy» yordamida AQSh Milliy xavfsizlik agentligiga hujum qilishgan

Germaniyaning AV-Test internet-portali turli antiviruslarning ishi kompyuter ishlashiga qanday ta’sir etishini tadqiq etib ko‘rdi. Tadqiqot uchun yetarlicha kuchli kompyuter tanlandi: 3,4 GGs chastotada ishlovchi Intel Core i7-3770 protsessori, 16 gigabayt tezkor xotira hamda Samsung’ning 512 gigabaytlik SSD-diski.

Taxmin qilinganidek, antiviruslar kompyuterning ishlash samaradorligiga salbiy ta’sir etishi ma’lum bo‘ldi.

O‘QING: Kasperskiy bepul antivirus chiqardi va boshqa antiviruslarni «ilma-teshik» deb atadi!

Testlarning ko‘rsatishicha, kompyuterning samaradorligini barcha antiviruslar o‘rtacha quyidagicha pasaytirar ekan: saytlarning yuklanishi 11-16 foizga, ilovalarning ishga tushishi 9-15, o‘rnatilishi 26-35, fayllarning ko‘chirilishi esa 7-18 foizga sekinlashadi.

Masalan, Windows 10’ning o‘ziga boshidanoq o‘rnatilgan Windows Defender antivirusi ilovaning o‘rnatilishini 54 foizga, ularning ishga tushirilishini 9 foizga, veb-saytlarning yuklanishini esa 10 foizgacha sekinlashtirishi aniqlandi.

Barcha ommabop antiviruslarning kompyuter samaradorligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqidagi batafsil ma’lumotni AV-Test saytining tegishli sahifasidan olish mumkin.

O‘QING: Kiber-viruslardan himoyalanish uchun 4 tavsiya

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!