Konstitutsiya kuniga bag‘ishlab Beeline O‘zbekistonning arxitektura yodgorliklari bo‘yicha virtual yo‘lnoma yaratdi

Konstitutsiya kuniga bag‘ishlab Beeline O‘zbekistonning arxitektura yodgorliklari bo‘yicha virtual yo‘lnoma yaratdi

Beeline aloqa operatori Play Market‘da yangi mobil ilovasi ishga tushirilgani haqida xabar beradi. “Beeline Guide” O‘zbekistonning asosiy yodgorliklarining noyob 3D-panoramalari kolleksiyasini virtual haqiqiylik tizimida tomosha qilish imkonini beradi.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: “”Beeline Guide” O‘zbekistonning tarixiy obidalarini – o‘rta asr me’morligi durdonalari va zamonaviy arxitektura na’munalarining go‘zalligi va xilma-xilligini butun dunyoga ko‘rsatishga mo‘ljallangan ilovadir. VR formati maxsus ko‘zoynak yordamida foydalanuvchini haqiqiy sharq ertagi muhitiga butunlay sho‘ng‘ishiga imkon beradi. O‘zbek, rus va ingliz tillaridagi audiogid O‘zbekiston tarixining yangi qirralarini ochishda yordam beradi. Ushbu noyob ilovaning ishga tushirilishi – Konstututsiya Kunida respublikamizga bag‘ishlangan sovg‘amizdir”.

Sharq durdonasining asosiy yodgorliklarining noyob 3D-panoramalari Temuriylar renessansi davridan qadimiy Osiyo shaharlarining madaniy yorishish davriga foydalanuvchilarni o‘tkazib qo‘yadi. Xivaning ulug‘vor minoralarini, Samarqandning ulkan madrasalarini, Buxoroning qadimiy masjidlarini va Toshkentning zamonaviy ko‘rinishlarini “Beeline Guide” ilovasi yordamida yangicha tamosha qilish mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!