Koreyada Galaxy S8 yangi talqinda taqdim qilindi, iPhone X savdosi oldidan!

Koreyada Galaxy S8 yangi talqinda taqdim qilindi, iPhone X savdosi oldidan!

Noyabr oyining boshida Samsung Galaxy S8 flagmanining Burgundy Red nomli talqini taqdim qilingan edi. Bungacha foydalanuvchilar e’tiboriga smartfonning Rose Pink (och-pushti), Arctic Silver (oq-kumush), Coral Blue (moviy-ko‘k), Orchid Gray (kulrang) va Midnight Black (tim qora) korpuslardagi talqini taqdim qilingan edi.

O‘qingSamsung Galaxy S8: hozircha shundan yaxshisi yo‘q

Yarim och tusli ranglarni xush ko‘rmaganlar uchun ishlab chiqaruvchi Samsung Galaxy S8'ni qizil rangda ham taqdim qildi.

Alvon tusli Galaxy S8 Koreya Respublikasida 28 noyabrdan boshlab sotuvga chiqariladi. iPhone X flagmani esa bu mamlakatda 24 noyabrdan boshlab sotiladi. Marketologlarning fikricha, Apple flagmani taqdim qilinishi oldidan "koreyalik gigant" bu harakati bilan yurtdoshlariga bozorda allaqachon yaxshi smartfon borligini eslatib qo‘ymoqchi.

O‘qingSamsung smartfonlarining «Malika»dagi so‘mdagi narxlari (2017 yil 16 noyabr)

Shunday bo‘lsa ham, Koreyaning 3 ta mobil operatorlarining guvohlik berishlaricha, iPhone X'ga avvaldan buyurtma olish boshlangan birinchi daqiqalardayoq flagmanning ilk partiyasi sotib tugatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning 16 noyabr holatida «Malika»da Galaxy S8 (black, gold, grey) 5 182 000 so‘mdan boshlab sotilmoqda.