«Ko‘rinmas» xakerlar guruhi banklarga hujum qildi

  •   DiMaX
  •  1271
  •  15.12.2017 14:21

«Ko‘rinmas» xakerlar guruhi banklarga hujum qildi

Rusiyzabon xakerlardan iborat MoneyTaker guruhi keyingi yarim yilning o‘zida AQSh, Buyuk Britaniya va Rossiyadagi yigirmadan oshiq bank va boshqa tashkilotlarga muvaffaqiyatli hujumni amalga oshirgan. Bu haqda «Gazeta.ru» nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Rus xakerlari «Kasperskiy» yordamida AQSh Milliy xavfsizlik agentligiga hujum qilishgan

Xabarga ko‘ra, ular Amerika kompaniyalariga yetkazgan o‘rtacha zarar 500 ming AQSh dollariga baholanmoqda. Mutaxassislarning fikricha, MoneyTaker guruhi 2016 yildan buyon mavjud bo‘lib, avvallari iz qoldirmasdan harakat qilgan.

«Biz aniqlagan 20ta holat orasidagi aloqadorlikni birinchi marta fosh etdik va yangi hujumlar ham bo‘lishi mumkinligi ehtimolini istisno qilmaymiz», deydi Group-IB kiberrazvedka departamenti rahbari Dmitriy Volkov.

O‘QING: «Oq xakerlik»ni o‘rganish uchun 6 ta eng yaxshi resurs

Shuningdek, yaqinda xakerlar NiceHash kriptobirjasidan taxminan 4736 bitkoin o‘g‘irlashgan bo‘lib, ularning qiymati salkam 68 million dollariga teng. Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining ogohlantirishicha, Yangi yil bayrami oldidan moliya tashkilotlariga xakerlik hujumlari ko‘p uyushtirilishi mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!