Lamborghini qimmatbaho smartfonni taqdim qildi

Lamborghini qimmatbaho smartfonni taqdim qildi

Tonino Lamborghini — taniqli sport mashinalari brendi nomi bilan qimmatbaho telefonlar ishlab chiqaruvchi kompaniyaning yangi Android gadjeti Alpha-One deb nomlandi. Narxi cho‘ntakni "chaqib" qo‘yadigan bu premium turkumidagi telefon o‘ziga xos dizayni bilan ajralib turadi.

Yangi Lamborghini "avto-foni" 5,5 dyuymli hamda Quad HD (2560 x 1440 pikselli) sig‘imli displey bilan ta’minlangan.

Alpha-One — «firma smartfoni», ya’ni dizayn original va cheklangan miqdorda ishlab chiqariladi. Uni xarid qilish uchun 2500 AQSh dollarining baxridan o‘tish kerak bo‘ladi. Mazkur Lamborghini smartfoni Buyuk Britaniya hamda Birlashgan Arab amirliklarida shu haftadayoq sotuvga chiqariladi.

Alpha-One eng sifatli materiallardan tayyorlangan. Misol uchun, italyancha charm, qo‘lda tayyorlangan va zanglashga chidamli metall qotishmasi («titandan pishiqroq» deydi ishlab chiqaruvchi). Telefon 2 ta SIM-kartali bo‘lmachaga ega. Unga 20 megapikselli, optik va raqamli barqarorlashtirish funksiyalariga, shuningdek Dolby karnayi o‘rnatilgan.


Alpha-One platformasida 2016 yil boshlaridagi ilg‘or Qualcomm Snapdragon 820 protsessori, 4 GB operativ xotira va 64 GB doimiy xotira mavjud. Smartfonning batareya sig‘imi 3,250 mA soat.


Telefon qadoqdanoq Android 7.0 Nougat operatsion tizimida ishlaydi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!